“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 19:58
ЎЗO‘Z

Qozog‘iston o‘zbekistonlik migrantlarga aloqador hujjatni ratifikatsiya qiladi

23 noya, 12:53 2 716 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘iston o‘zbekistonlik migrantlarga aloqador hujjatni ratifikatsiya qiladi Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi spikeri Nurlan Nigmatulin bilan uchrashdi.

Senat axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuv Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasining Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan 50-yalpi majlisi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston-Qozog‘iston parlamentlararo hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Tanzila Norboyeva Qozog‘iston parlamenti bilan hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Qozog‘iston tarixan qo‘shni mamlakat ekanligi inobatga olinib, migratsiya to‘g‘risidagi dolzarb masala muhokama etildi.

Qozog‘iston parlamenti spikeri hozirgi vaqtda o‘zbekistonlik migrantlar manfaatlari yo‘lidagi hujjatni ratifikatsiya qilish bo‘yicha faol ish olib borilayotganini ta’kidladi.

Tomonlar ikki mamlakat rahbarlari kelishuvlarini amalga oshirishda parlament ishtiroki va ko‘magini kuchaytirish zarurligini ta’kidlashdi.

Nurlan Nigmatulin Oliy Majlis Senatining joriy yil 4-5 noyabr kunlari amalga oshirgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarga tomonlar rioya qilishini va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tkazilmoqda. Uning doirasida savdo, turizm va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 0
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 1
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 1
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 16
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 63
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 74
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 1
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 1
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 0
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 3
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 1
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 16
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 57
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 39
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 176
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 21
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 158
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 38
  • Bo‘limlar