“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:01
ЎЗO‘Z

DNK tahlilini ixtiyoriy o‘tkazish narxi ma’lum qilindi

21 noya, 16:10 5 809 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DNK tahlilini ixtiyoriy o‘tkazish narxi ma’lum qilindi 21 noyabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi vakillari ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida endilikda ixtiyoriy tarzda o‘tkaziladigan DNK tahlillari, ularni o‘tkazish tartibi va narxlari haqida ma’lumot berildi.

«DNK tahlillari turli sabablarga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin, eng ko‘p uchraydigan sabablar otalik yo onalikni belgilash hisoblanadi. Bunda talabgor o‘z ixtiyori bilan kelib ariza yozadi, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim qiladi. Biz turli namunalar (odatda qon yoki so‘lak) olamiz va bir oyda natijasini bildiramiz. Barcha ma’lumotlar sir saqlanadi. Agar bu ma’lumotlar sudga dalil sifatida taqdim etiladigan bo‘lsa, ulardan foydalanish yoki rad etish sudning vakolatida.

DNK tahlillari oddiy, o‘rta va murakkab turlarga bo‘linadi. Oddiysini o‘tkazish narxi 2 mln. 83 ming so‘mni tashkil qiladi. O‘rta tahlillar bahosi ikki barobar ortiq. Murakkabga alohida hisob-kitob qilinadi», – degan davlat sud-med eksperti Asilbek Normatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan anjumanda 2019 yil 17 yanvardagi «Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori ijrosi bo‘yicha ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga sud ekspertizalarining 44ta turini o‘tkazish huquqi berilgan.

Qaror bilan 2019-2020 yillarda sud ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 25 banddan iborat «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan. Bundan tashqari, xodimlarning ijtimoiy muhofazasi, moddiy ta’minoti yaxshilangan va eng muhimi hukumat qarori bilan moddiy-texnika bazani modernizatsiya qilish va zamonaviy laborator uskunalar bilan jihozlash uchun 3 mln. 326 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilgan.
DNK tahlili, ekspertiza




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 90
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 271
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar