“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 23:48
ЎЗO‘Z

BBC o‘zbek milliy taomlari sog‘liq uchun foydali ekanligini e’tirof etdi

20 noya, 23:53 10 043 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
BBC o‘zbek milliy taomlari sog‘liq uchun foydali ekanligini e’tirof etdi Foto: BBC
BBC sog‘liqni saqlash sohasi ekspertlari o‘zbek milliy taomlarining sog‘liq uchun foydali jihatlari talaygina ekanini ta’kidlamoqda, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati.

«Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan O‘zbekiston qachonlardir boshqa davlatlar bilan tovar hamda g‘oyalar almashinuvi ro‘y bergan yurt. Bu mamlakat madaniyatining rivojlanishiga imkon bergan, ajoyib mozaikalar, hunarmandchilik mashulotlari, san’at namunalari va ayniqsa, taomlar shundan dalolat beradi», — deyiladi BBC’da chop etilgan o‘zbek taomlari haqidagi maqolada.

Unda o‘zbek oshxonasining boy va mazali ekanligi alohida ta’kidlangan.

«Ba’zi taomlar retseptlari go‘shtga boy bo‘lsa, boshqalari un, guruch, sabzavotlar, shuningdek ziravorlardan iborat bo‘ladi. Ushbu ingridiyentlar yordamida o‘zbek oshpazlari biri-biridan ajoyib taomlar – chuchvaradan tortib kabobgacha tayyoralashadi», — deyiladi manbada.

Maqolada shuningdek o‘zbek taomlarining retseptlari har bir hududda o‘ziga xos ekanligi alohida qayd etilgan. Eng mashhur milliy taomlar sifatida somsa, lag‘mon, norin, sho‘rva, kabob, manti, palov va patir non e’tirof etilgan.

«VIII asrga borib bu yerlarda islom dini tarqala boshladi va shaharlarda madrasa hamda masjidlar ko‘paydi. Buxoro muhim ahamiyatga ega ta’lim markazi hisoblanib, butun dunyo musulmon olami ziyolilari g‘oyalar almashish uchun shu yerda to‘planardi. Aynan shunday muhitda O‘zbekistonning zamonaviy oshxonasi shakllana boshladi. Butun dunyo savdogarlarining Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab harakatlanishi ajoyib natijaga olib keldi. Bugunga kelib o‘zbek milliy taomlarida turk, qozoq, uyg‘ur, mo‘g‘il va boshqa madaniyatlarning ta’sirini ko‘rish mumkin», - deyiladi maqolada.

Maqolada O‘zbekistonning eng mashhur milliy taomi sifatida palov keltirilgan bo‘lib, uning barcha bayramlar va maxsus sanalarda tayyorlanishi qayd etilgan.
Avvalroq O‘zbekiston noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida o‘lim ko‘rsatkichi eng yuqori mamlakatlar reytingida yetakchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.

Gastroenterolog Lola Abdurahmonovaning ta’kidlashicha, muammo milliy taomlarda emas, o‘zbek xalqining odatiy turmush tarzida. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, kun bo‘yi mehnat qiluvchi kishilar uchun o‘zbek taomlari foydali, gap uni me’yorida iste’mol qilishda. «Salomatlik bilan bog‘liq muammolar uch sabab tufayli yuzaga keladi: haddan tashqari ko‘p taom iste’mol qilish, kamharakat hayot tarzi hamda taomnomada xilma-xillikka rioya qilmaslik», — deydi u.
milliy taomlar, foydali, BBC




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 119
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 0
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 0
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 21
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Bo‘limlar