“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:15
ЎЗO‘Z

Toshkent shahrida katta miqdordagi pirotexnika vositalari noqonuniy savdosining oldi olindi

20 noya, 19:00 4 336 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahrida katta miqdordagi pirotexnika vositalari noqonuniy savdosining oldi olindi Aholi orasida pirotexnika vositalari savdosi bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida muntazam ravishda tushuntirish targ‘ibot ishlari olib boriladi.

Biroq, har yili Yangi yil bayrami yaqinlashgani sari noqonuniy yo‘llar bilan mamlakatimizga olib kelingan, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan pirotexnika vositalarini ko‘cha-kuyda pullab, mo‘may daromad qilishni maqsad qilgan «uddaburon soxta tadbirkorlar» paydo bo‘la boshlaydi. Ya’ni, turli ko‘ngilsizliklarga, hatto, inson hayotiga zomin bo‘lish kabi salbiy holatlarni keltirib chiqarayotganiga qaramasdan bunday vositalar savdosi bilan shug‘ullanishga urinish holatlari hamon uchramoqda.

Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan poytaxtimizning Bektemir tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida Farg‘ona viloyati Marg‘ilon Shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro Nozima Shokirova (ism va familiyalar o‘zgartirilgan) hech qanday hujjatlarsiz pirotexnika vositalarini savdoga qo‘ygani aniqlandi. Tadbir davomida 3 turdagi 333 dona (quti) umumiy qiymati 8 million 910 ming so‘mlik pirotexnika mahsulotlari noqonuniy savdosining oldi olindi.

Profilaktik tadbirlar davomida Bektemir tumani, Nurashon ko‘chasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan yana bir fuqaro Ulug‘bek Ummatov ham 3 turdagi 15 dona (quti) umumiy bahosi 800 ming so‘mlik pirotexnika vositalarini mo‘may daromad evaziga pullash payida bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Huddi shuningdek, Toshkent viloyati Oqkurg‘on tumanida istiqomat qiluvchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro Shodiyor Doniyorov respublikamizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan 20 dona umumiy qiymati 800 ming so‘mlik pirotexnika vositalarini noqonuniy savdoga qo‘ygani aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi hamda Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik va jazo choralari belgilangan.

Hurmatli fuqarolar!
Unutmang noqonuniy pirotexnika vositalari eng ko‘p farzandlarimiz sog‘lig‘iga va hatto hayotiga xavf tug‘diradi. Shunday ekan ayni kunlarda yon-atrofda pirotexnika vositalari paydo bo‘la boshlagani, ya’ni «paqildoq»lar ovozi ko‘payib qolgani barchamizni sergak torttirishi lozim. Zero, bu kabi salbiy holatlarga qarshi kurashishda nafaqat tegishli idoralar balki, barchamiz baravar harakat qilsak, ko‘zlangan natijaga erishamiz.

Toshkent shahar DSB Matbuot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 250
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 87
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 95
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 80
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 230
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar