“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:53
ЎЗO‘Z

Toshkent arxitektura qurilish instituti talabalari katta miqdordagi tovlamachilikka qo‘l urdi

20 noya, 17:01 4 486 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent arxitektura qurilish instituti talabalari katta miqdordagi tovlamachilikka qo‘l urdi Toshkent arxitektura qurilish instituti talabasining biri Andijon viloyatidan, biri esa Farg‘ona viloyatidan bo‘lgani va ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi b, v bandlari, 228-moddasi 2-qismi b bandi, 228-moddasi 3-qismi bilan ayblov e’lon qilingan.

L.S. otasi A.Tojibayev tomonidan avtomashinani tekin foydalanish shartnomasi asosida fuqaro X.Turdiyevdan olgan davlat belgisi 60 D 786 JA bo‘lgan Orlando rusumli avtomashinani boshqarish huquqiga ega bo‘lmay turib, tanishi J.Mirzayev va boshqalar bilan jinoiy til biriktirib, noma’lum shaxs yordamida Qashqadaryo viloyati, Koson tumani 1-son davlat notarial idorasi tomonidan mazkur avtomashinadan o‘zi, otasi A.Tojibayev va J.Mirzayevlar foydalanishga va haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan holda boshqarishga vakolat beruvchi AI № 296876 QS raqamli ishonchnomani qalbakilashtirishga erishgan.

L.S. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, jinoiy sherigi A.V. bilan fuqaro M.Maxmudovga nisbatan tovlamachilik jinoyatini sodir etib, uning mulkini qo‘lga kiritish maqsadida til biriktirib, jinoiy reja tuzadilar. Mazkur reja asosida, L.S. 94-...-70-44 telefon raqamidan M.Maxmudovning telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, unga o‘zini IIV Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi Meliyev Baxtiyor deb tanishtirib, uning noqonuniy valyuta ayirboshlashdan iborat faoliyati yuzasidan ariza kelib tushganligini, agarda tez fursatlarda 10.000 AQSh dollari pullarini olib kelib bermasa, arizani rahbariyatga olib kirib berishini, qamalib ketishi mumkinligini aytadi.

Shuningdek, uni qo‘rqitib, o‘z mulkini berishga majbur bo‘ladigan sharoitga solib, bu yo‘lda 10.000 AQSh dollari pullarni Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Izza mavzesida joylashgan avtobuslar shoh bekati oldiga olib kelib berishligini talab qilib, o‘zi ishdan chiqa olmasligini, uchrashuv joyiga pullarni olib qolish uchun odamini yuborishligini aytadi. Tovlamachilik qilgan ikki talabaning jinoyat ustida qo‘lga olingani aytilmoqda. Voqealarning rivoji esa hozircha bizga noma’lum.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 44
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 38
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 29
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 121
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar