“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 23:52
ЎЗO‘Z

MIB gazning “mohir” o‘g‘rilarini fosh qildi

19 noya, 20:18 3 978 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
MIB gazning “mohir” o‘g‘rilarini fosh qildi Majburiy ijro byurosi Furqat tumani bo‘limi xodimlari tomonidan 2019 yil 28 avgust kuni Furqat tumani “Ingichka” MFY, Obodon qishlog‘ida joylashgan ohak sexida o‘tkazilgan tekshirishda, korxona rahbari K.Fayziyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-sonli qarorning 2-ilovasi «Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari»ning 125-bandi talablariga zid ravishda mavjud STG-80-250-rusumli, zavod raqami №04582/02487 bo‘lgan gaz hisoblagichga “shprits ignasi” orqali tashqi ta’sir ko‘rsatib, hisoblagich ko‘rsatgichlarini to‘xtatib qo‘yish yo‘lini topganligini fosh qilishdi. Qonunbuzar Fayziyev xalqimizning izlagan imkon topar naqlini qing‘ir yo‘llarda ham ishlatib ko‘rgan shekilli.

Biroq, Fayziyevning mohirona harakatlari o‘zi uchun qimmatga tushdi, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanayotganligi oqibatida davlat manfaatlariga jami 23 mln. 193 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Surishtiruv davomida fuqaro K.Fayziyev tomonidan belgilangan o‘ttiz kunlik muddatda tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish oqibatida davlat manfaatlariga yetkazilgan jami 23 mln. 193,0 ming so‘m miqdordagi moddiy zararni to‘lashdan bo‘yin tovladi.

Shunga ko‘ra, Byuroning Furqat tumani bo‘limi tomonidan 23.10.2019 yilda qonunbuzar K.Fayziyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 185-2-moddasi 2-qismi bilan 302386|2019-04-sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Furqat tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar