“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:03
ЎЗO‘Z

Jahongir Ortiqxo‘jayev Kun.uz muxbirlariga tahdid qilgani aytilmoqda

17 noya, 18:56 4 283 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahongir Ortiqxo‘jayev Kun.uz muxbirlariga tahdid qilgani aytilmoqda Kecha, 16 noyabr kuni internetda Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning muxbirlarga qilgan tahdidi audiosi tarqaldi. Audioda Ortiqxo‘jayev jurnalistlarni sharmanda qilish, hattoki jismonan yo‘q qilib yubora olishga qodirligi bilan tahdid qilgan.

Kun.uz saytining yozishicha, mazkur tahdid shahar hokimidan Olmazor tumani hokimining sobiq o‘rinbosari Abdurasul Vahobov bilan bog‘liq voqeaning ertasiga Kun.uz muxbirlari Rahmatilla Isroilov, Sherzod Egamberdiyev va Bahodir Ahmedov hokim qabulida bo‘lgan chog‘da yangragan.

O‘sha kuni Toshkent shahar hokimi A.Vahobov va muxbirlarni o‘z huzuriga chorlab, yarashtirmoqchi, o‘rtadagi tushunmovchilikni hal qilmoqchi bo‘lgan. Tomonlar murosa qila olmagach, uchrashuv tahdidli “tarbiyaviy soat”ga aylanib ketgan.

Xabarda aytilishicha, sayt tahririyat hokim bilan uchrashuv vaqtidagi audioyozuvni Vahobov va Kun.uz o‘rtasidagi nizoli vaziyat qasd olishga aylanib ketmasligi hamda shahar hokimining obro‘-e’tiboriga putur yetkazmaslik uchun ommaga oshkor qilish fikridan voz kechgan edi.

16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda shu voqeaga oid audioyozuv tarqalishiga esa Kun.uz tahririyatining aloqasi yo‘q.

Bugun, 17 noyabr kuni Bosh prokuratura tomonidan internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu audioyozuvdagi ovozning Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga mansubligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar o‘rganilayotgani haqida xabar berildi.

Ma’lumot uchun, Jahongir Ortiqxo‘jayevning so‘zlari yozib olingan to‘liq formatdagi audioyozuvlar Kun.uz tahririyatida mavjud bo‘lib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar