“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:13
ЎЗO‘Z

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati rahbari: «Kando zamon keldi uzi?»

17 noya, 18:33 4 608 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Poytaxt hokimligi matbuot xizmati rahbari: «Kando zamon keldi uzi?» Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarga nisbatan haqoratlarga to‘la tahdidi audiosi tarqalib, jamoatchilik tomonidan keng muhokama etlayotgan bir paytda uning matbuot kotibi Dilfuza Rasulova Feysbuk tarmog‘idagi sahifasida rahbarini himoya qilib chiqdi.

Rasulova xonim muhokamalarni kuzatar ekan: «Kando zamon keldi uzi?» deya hayratini yashirmaydi, so‘ng: «Suz erkinligi, OAV/blogerlarga e’tibor berilib, ularga yul ochilishi shunga olib kelishi keremidi?» deydi. Davom etadiki: «Kup gap - eshakka yuk» degan gap bor. Shaxar xokimi xam kuruk gapdan ishni afzal kuradi. Buni man kilinayetgan ishlarni, ularni amalga oshirish yulida chekilayetgan mashakkatlarni xar kuni kurayetgan odam sifatida yezyapman».

D. Rasulovaning bayonidan ovoz egasi haqiqatda shahar hokimi ekanini ilg‘ash mumkin: «Kim uzini beayb deya oladi? Kim, kaysi birimiz uzaro yakinlarimiz doirasida yoki ish jarayonida, yoki jazavamiz tutganda xar xil gapla gapirmimiz?».

Bundan tashqari xodima audioni tarqatgan shaxsni «nomard» va «ablah» deb ataydi: «Kayedigi nomard ablax pismayib turib yozib olgan audio yozuvni bosh-ketini surushtirmasdan, izox olmasdan, uni «tarkatuvchi»sini topmasdan turib uzini saytida chikarib yuboradigan muxbir-u jurnalistlarni nima deb atasa buladi???»

Bayon nihoyasida esa shahar hokimiga quyidagicha hamdardlik bildiradi: «Jaxongir Obidovich, sizga Yaratgandan sabr tilab kolaman va Prezidentimizniyam bunaka provokatsiyalar bilan xech bir galamis ifloslar chalgitolmasligiga ishonaman!!»

Dilfuza Rasulovaning bayonlariga sharh yoki munosabat bildirishdan tiyilamiz. Faqat matndan olgan iqtiboslar tahrirsiz berilganini ta’kidlaymiz, xolos.

Eslatib o‘tamiz, sanoqli daqiqalar avval Bosh prokuratura «Ortiqxo‘jayev nutqi» bo‘yicha holat o‘rganilayotgani, natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi haqida bayonot berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar