“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:49
ЎЗO‘Z

XDP Jahongir Ortiqxo‘jayevning tarqagan audiosiga munosabat bildirdi

17 noya, 12:53 3 468 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
XDP Jahongir Ortiqxo‘jayevning tarqagan audiosiga munosabat bildirdi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan jurnalistlarni haqoratlagan va tahdid qilgan audiosi yuzasidan munosabat bildirdi va mutasaddi idoralarni tez orada rasmiy munosabat bildirishga chaqirdi.

«Joriy yil 16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar va internet OAVda Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayevga tegishli ekani aytilayotgan, jurnalist va blogerlar sha’niga o‘ta keskin fikrlar bildirilgan, sharmanda qilish, hatto jismonan yo‘q qilish bilan tahdid qilingan audioyozuv keng tarqaldi. Bu holat mamlakatimizdagi barcha OAV vakillari, blogerlar va keng jamoatchilikning qattiq munosabati va tanqidiga sabab bo‘ldi.

Davlatimizdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar zudlik bilan ushbu audioyozuv bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib borishi, voqea qachon, qayerda, kimlar bilan sodir bo‘lgani aniqlanishi hamda qonunda belgilangan tartibda boshqa choralar ko‘rilishi zarur.

Audioyozuvdagi holat haqiqatda ro‘y bergan bo‘lsa, demokratik islohotlarning eng muhim sharti – so‘z va fikr erkinligiga, jurnalistlarga ochiqdan-ochiq tahdid qilish, «menga hamma narsa mumkin», deb o‘ylash, avvalo, xalq va davlatni mensimaslik, deb baholanishi kerak.

Xalq demokratik partiyasi kasbi, faoliyat turi, ijtimoiy holatidan qat’i nazar, har bir insonning ustuvor huquqlari to‘liq kafolatlanishi va amalda ta’minlanishi zarur, deb hisoblaydi. Mutasaddi idoralardan tez orada aniq va rasmiy ma’lumotlarni kutadi», deyiladi O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Axborot xizmati bayonotida.

Bundan avvalroq «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi ham ushbu holat yuzasidan munosabat bildirib, jurnalistlarga tahdid qilgan Jahongir Ortiqxo‘jayevga qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 71
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar