“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 08:23
ЎЗO‘Z

«Adolat» partiyasi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tarqagan audiosiga munosabat bildirdi

17 noya, 10:50 3 219 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Adolat» partiyasi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tarqagan audiosiga munosabat bildirdi Foto: «Adolat»
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan jurnalistlarni haqoratlagan va tahdid qilgan audiosi inson huquqlari va uning sha’ni, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlarining buzilishi deb hisoblashini ma’lum qildi.

Partiyaning bayonotida keyingi uch yilda O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash, ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlarga e’tibor o‘zgargani, mamlakatda so‘z erkinligi qo‘llab-quvvatlanayotgani, sohaning chinakam «to‘rtinchi hokimiyat» darajasiga ko‘tarilishiga erishilayotgani haqida to‘xtalib, OAVni rag‘batlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganda ayrim rahbarlarning, xususan, ijro hokimiyati mutasaddilarining ushbu kasb vakillariga nisbatan bunday munosabati kishini jiddiy o‘ylantirishini ma’lum qilgan.

«Nega ba’zi mansabdorlar o‘z faoliyatida OAVga suyanishning o‘rniga bepisandlik bilan yondashmoqda? Nima sababdan avvalgi ba’zi mutasaddilarning «hurmacha» qiliqlaridan poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev to‘g‘ri saboq chiqarmadi? Hokimning og‘zidan yangragan so‘zlar nafaqat jurnalist yoki bloger, balki eshitgan har bir quloq uchun og‘ir botadi. Inson huquqlari ustuvor jamiyatda bu holatni qanday hazm qilish mumkin?

Ushbu holatga Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan himoyaviy chora kutib qolamiz.

Shuningdek, jurnalist va blogerlarni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ijrosini ta’minlanishidagi hissasini hamda jamiyatimizda adolatni o‘rnatishdagi faolligini e’tirof etgan holda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga nisbatan qonunda belgilangan tartibda qat’iy chora ko‘rilishini so‘raymiz», – deyiladi bayonotda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 242
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 74
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 109
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 153
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 224
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 195
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 152
  • Bo‘limlar