“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 23:16
ЎЗO‘Z

Uyi «snos»ga tushgan samarqandlik ayol: «Hokimga ham, uch bolamga ham o‘t qo‘yib yuboraman» (video)

17 noya, 10:42 4 000 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uyi «snos»ga tushgan samarqandlik ayol: «Hokimga ham, uch bolamga ham o‘t qo‘yib yuboraman» (video) Samarqand viloyati Payariq tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasi Katta Chopar ko‘chasida bir guruh fuqarolarning uyi «snos»ga tushdi. MY5 telekanalining «Markaziy studiya» ko‘rsatuvi muxbirlari uyi buzilishi haqida ogohlantirish olgan fuqarolar bilan suhbatlashdi.

«O‘t qo‘yaman, hokimigayam, uchta bolamgayam, boshqa choram yo‘q. Uyim buzilsa men ko‘chada qolaman. 5 yil Turkiyaga borib ishlab kelib, bu uyni pulga sotib olganman. Uyga hujjat qilgandim, hujjatni ham noqonuniy deyishyapti. Yemay ichmay qilganman bu hujjatni», — deydi shu ko‘chada yashovchi ayollardan biri.

Yana bir fuqaroning aytishicha, uning o‘g‘illari uy qurish uchun 10 yil Rossiyada ishlagan. «400 million so‘m ketdi shu uyni qurishga», deydi u.
Payariq tumani hokimligi fuqarolarning uylari noqonuniy yerga qurib olinganini ta’kidlamoqda.

«Snos»ga tushgan uylarning ba’zilarida kadastr hujjati qilingan, ba’zilarida esa yo‘q. Payariq tumani hokimi Dilshod Musinov «snos» masalasi bo‘yicha aholiga izoh berdi.

«Agar noqonuniy qaror chiqarib bergan bo‘lsam men ham tayyorman javob berishga. Sud qarori bilan xulosa qilinadi. Fuqarolarga xuddi o‘zlarining uylari kabi uy qurib beriladi, shundan so‘ng buziladi», – deydi hokim.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 119
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 0
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 0
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 21
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Bo‘limlar