“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 02:08
ЎЗO‘Z

Jahongir Ortiqxo‘jayev aybdormi? AOKA rasmiy bayonot berdi

17 noya, 11:00 5 835 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahongir Ortiqxo‘jayev aybdormi? AOKA rasmiy bayonot berdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi axborot xizmati rahbari Hikmatilla Ubaydullayev tomonidan ma’lum qilinishicha, jurnalistlarga nisbatan qilingan va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga tegishli ekani aytilayotgan haqoratomuz tahdid tegishli idoralarga yuboriladi va tegishlicha o‘rganiladi.

«Oxirgi soatlarda ko‘plab yurtdoshlarimiz, jurnalist va blogerlarimiz internetda tarqalgan, Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga tegishli ekani aytilayotgan audioyozuv yuzasidan izoh berishimizni so‘rab murojaat qilishmoqda.

Shuni ma’lum qilamanki, biz vaziyatdan xabardormiz va bu borada tegishli choralar ko‘rilmoqda. To‘plangan barcha ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Bosh prokuraturaga murojaat xati yuboriladi va ularning xulosalari asosida muayayn to‘xtamga kelinadi.

Ishonamizki, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda fuqarolar huquqlarini himoya qilish uchun mas’ul bo‘lgan mazkur davlat organlari tomonidan ushbu masalaga munosib huquqiy baho beriladi.

Jurnalist va blogerlarimizdan vaziyatga huquqiy baho berilgunga qadar hissiyotlarga berilmaslik, shoshma-shosharlik bilan xulosa chiqarmaslikni so‘raymiz.

Ta’kidlashni istar edimki, kim tomonidan ekanidan qat’i nazar, to‘rtinchi hokimiyat — jurnalistlar haqida aytilgan bunday fikrlar o‘ta yoqimsiz holat va bunga jim qarab turish mumkin emas. Bu — davlat siyosati va jamiyatda o‘rnatilgan qoidalarga mutlaqo ziddir.

Biz o‘z pozitsiyamizda qat’iymiz — yurtimizdagi barcha jurnalist va blogerlar Agentligimiz himoyasida. Ularning huquqlari buzilgani o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda, albatta tegishli choralar ko‘riladi», — deyiladi bayonotda.
Jahongir Ortiqxo‘jayev, AOKA, bayonot




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 75
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 44
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 72
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar