“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 03:38
ЎЗO‘Z

Qozog‘iston va O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondonlari uchrashdi

15 noya, 19:43 5 415 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘iston va O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondonlari uchrashdi Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati
Qozog‘iston Milliy gvardiyasi Bosh qo‘mondoni general-leytenant Ruslan Jaksilikov boshchiligidagi delegatsiyaning poytaxtimizga tashrifi dastavval O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-polkovnik Baxodir Tashmatov bilan uchrashuvdan boshlandi.

Shundan so‘ng delegatsiya Milliy gvardiya harbiy qismlaridan biriga tashrif buyurib, moddiy-texnik baza, zamonaviy qurol-yarog‘lar, faxriy qorovul va otliq eskadron chiqishlari hamda harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligi bilan tanishdi.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati
“Men O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga taklif etgani uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Biz birodarlik aloqalarini qayta yo‘lga qo‘yib, hamkorlikda o‘quvlarni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqdamiz. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil topganiga qariyb ikki yarim yil bo‘lsada, qisqa vaqt ichida juda katta hajmdagi ishlar amalga oshirilganidan hayratda qoldim. Bu, albatta Milliy gvardiya qo‘mondonligi va butun shaxsiy tarkibning zalvorli mehnati samarasi ekanligini tushunaman. Bu yuqori professionallikdan dalolatdir. Biz har doim shaxsiy tarkibni, avvalo, harakatlaridagi professionallik, xizmatga va harbiy intizomga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra baholaymiz.

Otliq eskadronga kelsak, kuchli askarlar singari tarbiyalangan otlar ham ko‘p narsani anglatadi. Bu nafaqat chiroyli ko‘rinish uchun, balki xizmatimiz uchun juda zarurdir. Afsuski, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidan farqli ravishda, bizda bunday bo‘linmalar yo‘q. Bir so‘z bilan aytganda, bu bo‘linmaning tayyorgarlik darajasi meni hayratga soldi. Fuqarolar va aholining xotirjam turmush tarzi, mamlakat tinchligi va osoyishtaligi harbiy xizmatchilarning tayyorgarlik darajasiga bog‘liq.
Chunki Milliy gvardiya jamoat tartibini saqlash va xalqlarimizning xavfsizligini ta’minlash maqsadida xizmat qiladigan birlamchi tuzilmadir. Umid qilamanki, bizning qardosh do‘stona munosabatlarimiz xizmatimizni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarishga imkon beradi”, – deydi Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi Bosh qo‘mondoni general-leytenant Ruslan Jaksilikov.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati
Delegatsiya a’zolari Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va Qo‘riqlash xizmatida joriy etilayotgan innovatsion texnologiyalar bilan tanishdilar.

Shu bilan birga mehmonlar tashrif chog‘ida Qurolli kuchlar akademiyasida joriy etilgan zamonaviy axborot texnologiyalari asosida berilayotgan harbiy ta’lim bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tashrif so‘ngida Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi bosh qo‘mondoni boshchiligidagi delegatsiya uchun poytaxtimizdagi diqqatga sazovor joylarga sayohat uyushtirildi.
Milliy gvardiya, O‘zbekiston, qo‘mondon




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 28
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 81
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar