“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:50
ЎЗO‘Z

Prezident farmoni: 2020 yilda qo‘shimcha ishlanmaydigan kun belgilandi va dam olish kunlari ko‘chirildi

15 noya, 07:00 6 322 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident farmoni: 2020 yilda qo‘shimcha ishlanmaydigan kun belgilandi va dam olish kunlari ko‘chirildi 2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2020 yilda 23 mart, dushanba — qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanmoqda. Byudjet tashkilotlarida bu qo‘shimcha dam olish kuni har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini bir ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi.

2020 yilda quyidagi dam olish kunlari ko‘chiriladi:
4 yanvar, shanba — 2 yanvar, payshanbaga;
29 avgust, shanba — 31 avgust, dushanbaga.

Hujjat bilan, 2020 yil 2 yanvar payshanba va 2020 yil 31 avgust dushanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kuni hisoblanishi belgilab qo‘yilmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga Yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “Uzbekistan Airways” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bayram (ishlanmaydigan) kunlarning uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika aholisi uchun ichki turizm va faol dam olish yo‘nalishlarini, transport va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishini hamda aksiyalar o‘tkazilishini tashkil etish yuklatildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 0
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 1
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 1
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 47
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar