“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 16:28
ЎЗO‘Z

MIB "antiqa o‘g‘irlik"ni fosh qildi

12 noya, 19:53 3 981 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
MIB "antiqa o‘g‘irlik"ni fosh qildi Bugungi kunda zamonamiz shiddat bilan rivojlanlanayotgan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman degan fuqarolarimizga keng imkoniyatlar yaratilayotgan bir paytda, ayrim qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlarimiz energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning yangidan-yangi usullarini o‘ylab topishmoqda.

Jumladan, Byuroning Navoiy viloyat boshqarmasi hamda shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda, “Z.G” MChJ rahbari G.Zaripov jamiyatga qarashli ohak mahsulotlari ishlab chiqarish sexida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”ning 25-bandi “d” kichik bandi talablariga zid ravishda tabiiy gazdan foydalanib kelganligi aniqlandi.

Ushbu “shovvoz” Qarorning tegishli bandi talablaridan antiqa usulda “aylanib o‘tdi”. Antiqaligi shundaki, jamiyatdagi “STG” gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir o‘tkazib, uskunaning ichki qismiga tosh bo‘laklarini tashlash orqali sarflanayotgan gazni hisoblash mexanizmini to‘xtatib qo‘yishga erishganligiga nima deysiz?

Byuro xodimlari tomonidan ushbu kirdikorlik fosh qilinib, ta’minotchi korxonaning qayta hisob-kitob dalolatnomasiga ko‘ra, korxona manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgani, ya’ni tabiiy gazni noqonuniy iste’mol qilganligi ma’lum bo‘ldi.
Jamiyat rahbari qilmishini tan olib, yetkazilgan 384 mln. so‘mlik zararni to‘liq qoplab berdi, shuningdek qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka ham tortildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 0
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 42
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 23
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 59
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 73
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 70
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 80
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 41
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • Bo‘limlar