“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 09:14
ЎЗO‘Z

Toshkent chorrahalarida «Vafel chizmalari» tashkil etilmoqda (foto)

12 noya, 15:50 3 320 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent chorrahalarida «Vafel chizmalari» tashkil etilmoqda (foto) Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Toshkentning bir nechta chorrahalarida «Vafel chizmalari» tashkil etilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan haftaning oxirida poytaxtdagi bir necha chorrahalarda yotqizilgan yangi yo‘l chizmasi tashqi ko‘rinishi sababli xalq tilida «vafel chizmasi» deb nomlanadi. Chizma yordamida harakat yo‘nalishida tirbandlik yuzaga chiqqan holatda chiqish mumkin bo‘lmagan hudud belgilab olinadi va haydovchi to‘xtashga majbur bo‘ladi. «Vafel chizmasi» YHQ bilan belgilangan ba’zi holatlarda o‘ng yoki chap tomonga burilishni taqiqlamaydi.

Chizma parallel kesishadigan sariq rangli diagonal chiziqlardan hosil bo‘lgan kataklar ko‘rinishiga ega. «Vafel chizmasi» mustaqil tarzda hamda chorrahaga yaqinlashish haqida ogohlantiruvchi yo‘l belgisi bilan birga qo‘llanilishi mumkin.

Hozirgi vaqtda sariq rangli kataklar Nukus ko‘chasining Bobur, Abdulla Qahhor, Glinka, Beshyog‘och, Mirobod, Avliyo-Ota, Afrosiyob ko‘chalari bilan kesishmasida – jami yettita chorrahada chizilgan.

Sinov tariqasida chizilayotgan chizma tirbandliklar ko‘p uchrab turadigan boshqariladigan chorrahalarda qo‘llaniladi. Yaqin kunlarda poytaxtning yana 18 ta chorrahasida, ya’ni quyidagi ko‘chalar kesishmalarida «vafel chizmalari»ni tashkil etish rejalashtirilmoqda:

Nukus – Taras Shevchenko, Nukus – Amir Temur, Nukus – Istiqbol, Mustaqillik – Oqqo‘rg‘on, Mustaqillik – Sayram (7-yo‘l), Mirzo-Ulug‘bek – Do‘rmon yo‘li, Do‘rmon yo‘li – Mingbuloq, Do‘rmon yo‘li – G‘azalkent, Do‘rmon yo‘li – Temur Malik, Mustaqillik – Shastri, Mustaqillik – Shahrisabz, Shahrisabz – Amir Temur, Alisher Navoiy – Zarafshon, Sharof Rashidov – Alisher Navoiy, Sharaf Rashidov – Matbuotchilar, Sharaf Rashidov – Afrosiyob, Fidoyilar – Afrosiyob, Shahrisabz – Afrosiyob.

Rejalashtirilgan ishlar yakunlangach, Toshkentda qamrab olingan chorrahalarning umumiy soni 25 tani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori «Chorrahada harakatlanish» bobidagi 97-bandga muvofiq - «Haydovchi tirbandlik tufayli majburiy to‘xtab, ko‘ndalang yo‘nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi».

Yo‘l harakati qoidalarining 103-bandi - «Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yo‘nalishda o‘tishni tugallayotgan piyoda(lar)ga yo‘l berishi shart».

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda bayonnomalarni rasmiylashtirish ko‘zda tutilmayapti: haydovchilarga chizmaning talablarini o‘rganib chiqish uchun vaqt va unga ko‘nikish uchun imkoniyat beriladi.

«Hurmatli haydovchilar! Ushbu yangilik sizga qulaylik yaratish uchun yo‘lga qo‘yilmoqda. Yangi talablarni hurmat qilib, ularga rioya qilishingizni so‘raymiz», - deyiladi IIBB ma’lumotida.
vafel chizmasi, chorraha




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 211
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 95
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 38
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 129
  • So'nggi yangiliklar
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 0
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 1
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 0
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 0
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 3
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Bo‘limlar