“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:52
ЎЗO‘Z

Yurtimizda bag‘rikenglik haftaligi boshlandi

11 noya, 22:40 6 471 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yurtimizda bag‘rikenglik haftaligi boshlandi Davlatimiz milliy siyosatining eng muhim, ustuvor yo‘nalishlaridan biri barcha millatlarning ravnaqi uchun teng sharoit va imkoniyat yaratish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishdir.

Mazkur muhim vazifalarni amalga oshirish maqsadida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashabbusi bilan “Xalqaro bag‘rikenglik kuni”ga bag‘ishlab mamlakatimizda 11–16 noyabr kunlari Bag‘rikenglik haftaligi o‘tkazilmoqda.

Haftalik davomida turli madaniy, ma’naviy-marifiy va ilmiy-amaliy tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tadbirlar tashkilotchilari – Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Tashqi ishlar, Adliya, Madaniyat, Xalq ta’limi vazirliklari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar.

Dastur doirasida 11 noyabr kuni Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan OAV vakillari hamda internet bloggerlari ishtirokida press-konferensiya o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi A.Axmedov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan barcha sohalar qatori diniy-ma’rifiy yo‘nalishda ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuqori darajada e’tirof etilayotganini alohida ta’kidladi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov:
- Bu haftalik juda yuqori saviyada o‘tishiga ishonamiz. Bizning mamlakatimiz ko‘p millatli. Ammo bizda millatlar do‘stona hayot kechiradilar va bir O‘zbekiston xalqi nomi bilan yashab, faoliyat ko‘rsatadilar. Bu katta gap. 130 elat va millat vakillari yashaydi. 138 ta milliy madaniy markazlar faoliyat yuritadi. 36 ta do‘stlik jamiyatlari mavjud. Bizning asosiy maqsadimiz yoshlarni shu milliy madaniy markazlarning faoliyati bilan yaqindan tanishtirish. Bir narsani tan olish kerak milliy madaniy markazlari faollari hammasi nodavlat notijorat tashkilot sifatida ishlaydi. Ular barchasini yoshlarga o‘rgatishga harakat qilishadi. Kelgan mehmonlar ham ana shu jihatga qoyil qolmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari Dilshod Kenjayev:
- Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qadim-qadimdan Yurtimizda turli madaniyat, til, urf-odatlar, o‘z turmush tarziga ega bo‘lgan turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va bir-biriga o‘xshash bo‘lmagan turli xalqlar, millatlar yashab kelayotgan zamindir desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Mamlakatimizda barcha millat va elat vakillarining ahil oila farzandlaridek yashashi, ta’lim olishi, mehnat qilishi, ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddasi bilan mustahkamlangan. O‘quv jarayoni Davlat ta’lim standardlariga muvofiq 7 ta tilda olib boriladi. O‘quvchi – yoshlarga sifatli bilim va ko‘nikmalar egallashlari uchun tegishli shart –sharoitlar yaratish maqsadida Davlat ta’lim standartlari bilan belgilangan barcha o‘quv darsliklari ham 7 tilda nashr etilib, o‘quvchi kontingentiga ko‘ra taqsimlangan holda umumta’lim muassasalariga yetkazib kelinmoqda.

Respublika Ozarbayjon milliy madaniy markazi raisi Firdusi Guseynov:
- Markazimiz jonajon O‘zbekistonimizda tinchlik va osoyishtalikni, ijtimoiy barqarorlik, o‘zaro hamjihatlik, hurmat, ahillik muhitini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy tanlovlar o‘tkazish orqali o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Markazimizning bo‘linmalari mamlakatimizning barcha viloyatlarida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Keyingi yillarda ozarbayjon millatiga mansub ko‘plab fuqarolar ham Vatanimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlanmoqda. Bularning barchasi millatidan qat’i nazar, halol va fidokorona, sidqidildan bajarilgan mehnat davlatimizning doimiy e’tiborida ekanining amaliy ifodasidir.
Bag‘rikenglik haftaligi davomida qiziqarli ko‘rgazmalar, muloqotlar, ijodiy festivallar, konsertlar, forumlar, anjumanlar bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Bu kabi ijodiy haftaliklar mamlakatimizdagi do‘stlik, o‘zaro hurmat, ishonch, mehr va saxovatning amaldagi yana bir yorqin namunasidir.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” festivali laureatlarini taqdirlash marosimi hamda rassomlar va milliy madaniy markazlarning yosh ijodkorlari badiiy asarlari ko‘rgazmasi ochildi.

Eslatib o‘tamiz, haftalik tadbirlari doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan:
- 12 noyabr kuni soat 09.00 da A.Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida Milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlarining fuqarolik forumi;
- 15 noyabrda 09.00da “International Hotel Tashkent” mehmonxonasi, “Amir Temur” majlislar zalida “Markaziy Osiyo – umumiy uyimiz” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi va ishtirokchilari Samarqand shahriga tashrif buyurib, u yerda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.

Shuningdek, respublikaning barcha umumta’lim maktablari va akademik litseylarida hafta davomida Bag‘rikenglik festivallari o‘tkazilib, ular doirasida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Nargiza Kamalova




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 27
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 114
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar