“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 08:42
ЎЗO‘Z

Yuzlab xonandalarga xit qo‘shiqlar yozib bergan shoir Mirzo Karim uysiz yashamoqda

11 noya, 08:30 6 202 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yuzlab xonandalarga xit qo‘shiqlar yozib bergan shoir Mirzo Karim uysiz yashamoqda Foto: Facebook
«Orangizda onam bo‘lsaydi», «Dadamga ichirmanglar», «Yoshlik bizni tashlab ketadi», «Jayra-jayra», «Dadamning muxlislari» kabi yuzlab ommalashgan qo‘shiqlarning muallifi, shoir Mirzo Karim uysiz yashayotgani, oilasi va farzandlari bilan o‘n yillardan buyon ijara uylarda sarson bo‘lib yurgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar tarqaldi.

Ushbu ma’lumotlarga oydinlik kiritish maqsadida «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad shoir Mirzo Karimning ijara uyida mehmon bo‘ldi.
Shoir Mirzo Karim hozirgi ahvoli haqida quyidagilarni gapirib berdi.

Odam yaxshi yashagisi keladi, kimgadir uch-to‘rtta uyi, mashinasi bo‘lsa ham kamdek tuyuladi. Ahvolim, kimlargadir nisbatan yaxshi emas. Albatta, o‘zimiz yaxshilashga harakat qilyapmiz. 2018 yilgacha buzilsa uy beradigan qaror bo‘lar edi. Ya’ni propiskada turgan uyi buzilsa uy berishardi, men o‘sha eski uyda o‘n yil turib umrimni o‘tkazdim. O‘n yil shunga ishondim. Boshqa bir san’atkor do‘stimga yoki tadbirkor do‘stimga ishonmadim. Men avvalo Xudoga ishondim.

Ahvolim ham u qadar ayanchli emas. Negaki, men yashayapman, nafas olayapman, oilam, farzandlarim bor. Afg‘onistondan sog‘-salomat kelganman. Buyog‘i hammasi peshonamdan, ruschasiga aytganda ‘lotereya’ deyman, shuning uchun men ko‘nikuvchan odamman.


Mirzo Karim suhbat davomida va’dasida turmagan san’atkor do‘stlarini ham eslab o‘tdi.

Ko‘p aldashgan, hali ham aldashadi. Diskim chiqsa, uy olib beraman, mashina olib beraman, kitob chiqarab beraman, dorixona ochib beraman deyishadi. O‘n yillab birga ishlagan hamkorlarimiz ham gapirgan, aytadi ham, qaytadi ham. Men bulardan hech qachon umid ham qilmaganman.

O‘zimga hamma she’rim ham mashhur tuyuladi. Xalq orasida qanchalik mashhur ekanligini san’atkorlar ham, xalq ham biladi. Ozodbek Nazarbekov ‘Orangizda onam bo‘lsaydi’ she’rimni kuylagan. Xurshid Rasulov 100 dan ortiq she’rlarimni qo‘shiq qilib aytgan. Hali bitta ham qo‘shig‘i yo‘q paytlarida, ijodini noldan boshlaganmiz. O‘shanda, Xurshid Rasulovning jamoasida to‘ylarda davrakash bo‘lib yurganman. Shunga yarasha, xizmat haqqi olganman.

Orzularimiz ko‘p edi, lekin birortasi ham amalga oshmadi. Hech qaysi san’atkorning mendan qarzi yo‘q, lekin, qanaqadir mehr-oqibat, ‘shu inson menga jon kuydirgan ekan’, degan nuqtai nazardan aytyapman. Hammasi bilan ko‘rishsam ham, birortasi bilan teskari bo‘lmaganman, bundan keyin ham ‘she’r yozib ber’ deyishsa, yozib beraveraman. Shunday bo‘lganki, o‘zlari va’da berib, o‘zlari va’dasini bajarishmagan, keyin boshqalarga murojaat qilishga majbur bo‘lganman.

Xonandalar qalam haqi ham berishgan, qalam haqi ham shundayki, qaysidir ma’noda u choychaqa. Agarda necha pulligini aytish zarur bo‘lsa, 50 dollar va undan ko‘proq berishadi. Yulduz opa bilan ishlaganman, ularga ham juda ko‘p qo‘shiq yozib berganman. Birga ishlagan qo‘shiqlarimiz ham bor. O‘shanda ‘Panterra’ studiyasida qo‘l qo‘yib, xuddi oylik olgandek olganmiz.

Boya aytganimdek, hech qaysi xonandaning mendan qarzi yo‘q, lekin juda ko‘pchiligida bergan va’dasi, odamni ishontirib qo‘yishi bor. Bittasi endi, ismini aytmayman, katta yo‘lda mashinani to‘xtatib ‘Bitta o‘g‘ilman, birinchi diskim chiqsa, mashina mendan’, degandi. Menga boshqalari ham aytishgan, va’dalar berishgan. Vaholanki, 3—4 ta disk chiqardi, 5—6 ta mashina oldi, lekin eslatsangiz, ‘U bo‘lib qoldi, bu bo‘lib qoldi, unday-bunday’, — deyishadi.

Avvalo, Xudo, keyin esa o‘z kuchimga ishonaman. Qachondir, bizga ham haqni, xalqni ham nazari tushishini umid qilib yashayman. Bu narsalarga chuqurlashib, ‘mana shunaqa mehnatlar qilgan edim, e’zozlashmadi’, degan gaplardan juda-juda yiroqman.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 211
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 95
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 38
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 129
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 2
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 50
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 37
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 63
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 88
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 85
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 218
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 42
  • Bo‘limlar