“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 22:39
ЎЗO‘Z

Rossiya O‘zbekistonning savdo hamkorlari orasida yetakchi bo‘lishga intilmoqda

11 noya, 06:00 2 569 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya O‘zbekistonning savdo hamkorlari orasida yetakchi bo‘lishga intilmoqda Rossiya O‘zbekistonning savdo hamkorlari o‘rtasida birinchi o‘rinni egallashni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev “Valday” xalqaro munozara klubining X Osiyo anjumani doirasida aytib o‘tdi.

Rossiya elchisining ta’kidlashicha, ayni vaqtda O‘zbekistonning bosh savdo hamkori Xitoy hisoblanadi, Rossiya esa 2-o‘rinni egallaydi. “Biz 1-o‘rinni qaytarishimizga umid qilamiz”, deb aytgan Tyurdenev.

Uning ta’kidlashicha, oxirgi yillarda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik ittifoqchilik va hamkorlik munosabatlari sifatan yangi ko‘rinish olgan. “Ob’ektiv omillar bor, birinchi navbatda iqtisodiy. Hozir juda muhim loyiha – Rossiya dizayni bo‘yicha atom elektr stansiyasi qurilishi amalga oshirilmoqda. Bunday AES yaratilishi iqtisodiy zaruratdir. Loyiha O‘zbekiston uchun juda istiqbolli va muhimdir”, deb ta’kidlab o‘tgan elchi.

Elchi, shuningdek, O‘zbekistonda Rossiya neft-gaz kompaniyalari faol ishlayotganiga e’tibor qaratgan. “O‘zbekistonda Rossiyaning 9 mlrd dollarlik sarmoyasidan 8 mlrdi “Lukoyl” hissasiga to‘g‘ri keladi, biroq boshqa kompaniyalar ham olg‘a bormoqda. Biz bu yerda jiddiy maqsadlarni ko‘zlayotgan, jumladan geologik qidirish ishlarini olib borayotgan “Gazprom”ni ham hisobdan chiqarmasligimiz kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Rossiya elchisi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 124
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 45
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 88
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 125
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 36
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 62
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 123
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 77
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 234
  • Bo‘limlar