“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 11:16
ЎЗO‘Z

Avtomobil yuvish shoxobchasi ishchisi «Lasetti» avtomashinasini olib qochdi

09 noya, 22:41 3 378 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avtomobil yuvish shoxobchasi ishchisi «Lasetti» avtomashinasini olib qochdi Toshkent shahri Bektemir tumanidagi avtoyuvish shoxobchasida yuvib qo‘yish uchun qoldirilgan «Lasetti» avtomashinasi olib qochilganidan so‘ng ayanchli yo‘l-transport hodisasi oqibatida ag‘darilgan holatda Namangan viloyati Pop tumani hududidan topilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 2019 yil 7 noyabr kuni taxminan soat 09:40larda Bektemir tuman Ohangaron shohko‘chasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasiga fuqaro 50 yoshli A.R. tomonidan qoldirilgan «Lasetti» rusumli avtomashinasini mazkur avtoyuvish shoxobchasi ishchisi, 48 yoshli E.X. olib qochgan hamda shu kuni soat 16:30da Namangan viloyati Pop tumani Qo‘shminor MFY hududidan o‘tuvchi «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 262 km.da avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketib ag‘darilgan.

Natijada fuqaro E.X. «bosh miya og‘ir shikasti, kalla asos suyagini sinishi, miya shishi» kabi tan jarohatlari olib, Pop tuman tibbiy markaziga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 8 noyabr kuni Bektemir tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan E.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 252
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 74
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 110
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 155
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 0
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 0
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Bo‘limlar