“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 11:12
ЎЗO‘Z

Zoir Mirzayev rahbarlardan majburiy tarzda kredit olishni talab qildi

08 noya, 23:11 4 727 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Zoir Mirzayev rahbarlardan majburiy tarzda kredit olishni talab qildi Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev viloyatdagi boshqarmalarda faoliyat ko‘rsatayotgan dehqonobodlik rahbarlarga o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloqda kutubxona qurish talabini qo‘ydi. Bu haqda hokimning Dehqonobodga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi, deb yozadi Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati.

— Bugungi kunda viloyatdagi katta boshqarmada faoliyat yurityapsiz, bu quvonarli, ammo tuman uchun — tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ingiz uchun nimadir qildingizmi, – deya savol berdi viloyat hokimi rahbarlarga qarata. – Kutubxonani qayerdandir o‘g‘irlab kelingan pulga emas, o‘z nomingizga olingan kredit mablag‘i evaziga qurasiz, kutubxona uchun bankdan nomingizga kredit olingan yoki olinmaganligi bilan shaxsan o‘zim qiziqaman, — degan viloyat rahbari.

Yig‘ilishda, shuningdek viloyatdagi 16 ta tijorat banklariga dehqonobodlik tadbirkorlarni topib, tuman uchun esda qolarli ish qilish talabi ham qo‘yildi.

Hokimlik axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, “O‘zsanoatqurilishbank”ning viloyat filiali tumandagi bog‘chalar uchun artizan kovlab, suv chiqarib berish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda respublikamiz tijorat banklarida yillik o‘rtacha 30 %dan kredit mablag‘lari berilmoqda.

Viloyat hokimi viloyatning chekka qishloqlarida quriladigan kutubxona o‘zining xarajatlari, jumladan elektr to‘lovi, mol-mulk solig‘i, yer solig‘idan tashqari yiliga 30 %lik bank kreditini ham qoplashi kerakligi haqida o‘ylab ko‘rganmikan? Kutubxonani qurdirgan davlat amaldori ushbu to‘lov va xarajatlarni qoplash uchun kutubxonani pulli qiladimi yoki xalq uchun bepul qilinadigan kutubxonaning xarajatlari amaldorning peshona terisi bilan topilgan oylik maoshi hisobidan qoplanadimi? Xabarda bu savollarga aniqlik kiritilmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 0
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 0
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 40
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 60
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 266
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 136
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 0
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 0
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 0
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 149
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 40
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 179
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 95
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 190
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 60
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 119
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 131
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 273
  • Bo‘limlar