“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:41
ЎЗO‘Z

Buxoroda yog‘ zavodining sobiq rahbari jinoyatchilarga 500 ming dollar berib yubordi (video)

08 noya, 22:37 4 801 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda yog‘ zavodining sobiq rahbari jinoyatchilarga 500 ming dollar berib yubordi (video) Buxoro viloyatida besh kishi yog‘ zavodining sobiq rahbarini «uxlatib» ketdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

«Buxoroda yashovchi shaxs Samarqandda istiqomat qiluvchi tanishiga murojaat qilgan. Ulardan biri o‘z vaqtida ichki ishlar organlari tizimida ishlagan. Ular maxsus reja tuzishgan va yog‘ zavodining sobiq rahbarini katta pulga aldab ketishga qaror qilishgan», - dedi Toshkent viloyati prokuraturasining katta tergovchisi Sanjar Safarov.

2018 yil 13 aprel kuni yog‘ zavodi sobiq rahbarining uyiga besh kishidan iborat jinoiy to‘da kelgan va ishtirokchilardan biri o‘zini maxsus xizmatlar xodimi, deb tanishtirgan.

«Jinoyatchilar o‘zlarini maxsus xizmatlar xodimlari sifatida tanishtirib, fuqaroga tahdid qila boshlashgan. Ular uni Toshkentga olib borib, «podval»ga joylashtirishlarini aytishadi. Shundan so‘ng, erkaklar yog‘ zavodi sobiq rahbaridan ishni yopish uchun 1 million dollar so‘raganlar», - deya ta’kidlab o‘tdi tergovchi.

Shu bilan birga, jabrlanuvchi bunday puli yo‘qligini aytgan. Keyin jinoyatchilar 500 ming dollar talab qilishgan. Jinoyatchilar kerakli miqdordagi pulni olgach, voqea joyidan yashirinishgan.

Voqeadan keyin jabrlanuvchi darhol huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi. Jinoiy to‘da a’zolaridan ikki nafari IIB xodimlari tomonidan O‘zbekiston hududida ushlandi. Uch shaxs Qozonga qochgan, ammo Rossiya Federatsiyasi huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlandi va O‘zbekistonga topshirildi.

Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, jinoiy guruhning barcha a’zolariga turli xil jazo muddatlari berildi.
yog‘ zavodi, sobiq rahbar, Buxoro




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 53
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 144
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 265
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar