“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 02:39
ЎЗO‘Z

Ko‘k oltin: u nimadan yasaladi va haqiqiy tilla hisoblanadimi?

08 noya, 21:47 3 734 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ko‘k oltin: u nimadan yasaladi va haqiqiy tilla hisoblanadimi? Hozirgi kunda zargarlik sanoatining rangli oltin ishlab chiqarish va undan foydalanish bilan bog‘liq sohalari faol rivojlanmoqda. Albatta, oltinning klassik usulda yaratilgan kumush va misli qotishmalari hali ham urfda, ular savdo reytingida yuqori o‘rinni egallab turishibdi. Ammo kompaniyaar assortimentlarni kengaytirish va takrorlanmas yangiliklar orqali xaridorlar diqqatini tortish istagida izlanmoqda. Ko‘k oltin ham ulardan biri bo‘lib, ajoyib ko‘rinishga ega.

Bu nimaning qotishmasi o‘zi, u ham haqiqiy tilla hisoblanadimi?

Ko‘k va moviyrang oltindan tayyorlangan zargarlik mahsulotlari juda kamyob, har bir tilla taqinchoqlar do‘konida ham bunday ekzotik namunani uchratish amri mahol. Bu haqiqiy oltin, aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, qimmatbaho metall va indiy nomli moddaning birikmasidir. Indiy o‘zining sof holatida sira ham e’tiborni tortmaydi va siz xayol qilgan ko‘m-ko‘k tusga ega emas. U kumushni eslatuvchi rangdagi yumshoq metall, ammo oltin bilan kombinatsiya hosil qilsa mutlaqo boshqacha ko‘rinishga keladi.

AuIn2 intermetalik moddasi esa kutganimizdek, to‘yingan moviy rangda bo‘lib, shunchaki fantastik ko‘rinadi. Qotishmada uning ulushi indiynikiga nisbatan kamroqdir, ya’ni mos ravishda 46,2 foiz va 53,8 foiz. Lekin bunday go‘zallikning o‘z to‘lovi bor — birikma yetarlicha mo‘rt, shuning uchun siz bu turdagi ko‘z quvnatuvchi vositangizga juda ehtiyotkorlik munosabatda bo‘lishingiz kerak. Aynan shu jihat ishlab chiqarish jarayonining o‘ziga ham ta’sirni o‘tkaza oladi, unda o‘ta aniqlik va puxtalik talab etiladi. Aksariyat hollarda ko‘k oltin oq yoki odatiy tilladan yasalgan murakkab kombinatsiyalarda dekorativ qo‘shimcha va element sifatida qo‘llanadi.

Takrorlanmas tilla yaratish uchun indiy o‘rniga boshqa metall — galliy ham qo‘shilishi mumkin. U ko‘p jihatlari bilan indiydan farq qilmaydi, ammo uning qimmatbaho metall bilan qorishmasi ko‘k emas, g‘oyat go‘zal moviy rangga kiradi. Bu qotishma oltinning o‘zi yarmidan ko‘p miqdorni tashkil etadi — 58,5 foiz. Moviy rang oltin ko‘ki singari mo‘rt emas, lekin ko‘pincha u ham klassik oltin qotishmali murakkab birikmalarda juda ehtiyotkorlik bilan ishlatiladi.

Ko‘k va moviy oltin juda qadimdan mashhur bo‘lgani diqqatga sazovordir, biroq ushbu birikmalarga tegishli kimyoviy tarkib haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Ko‘plab munozaralar va zargarlik jamiyatlarining katta qiziqishiga sabab bo‘lgan sirli Antoniassi oltini haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. Argentinalik zargar moviyrang oltindan o‘z san’at namunasini yaratadi, ammo ushbu qorishma tarkibini oshkor qilishga shoshilmaydi. Xalqaro sertifikatlash doirasida u ko‘k oltinning kimyoviy tarkibini ochiqlashga majbur bo‘lganida, Antoniassi kobalt metallidan foydalangani ma’lum bo‘ladi.

Biroq ko‘rinishidan zargar metallarning birikmadagi foizlari qiymatini aytishda yolg‘on gapirgan, chunki hech kim uning tajribasi orqali ko‘k oltin olishga erisha olmadi. Ehtimol, foiz tarkibiga qo‘shimcha ravishda ish jarayonining ba’zi nozik jihatlarini bilish kerakdir, yoxud Antoniassi o‘zining moviy tillasidagi kobalt sirini aytishni istamagandir, balki u umuman mavjud emasdir.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 24
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 22
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 63
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 133
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 156
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 24
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 22
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 36
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 36
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 63
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 76
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 38
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 25
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 67
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 133
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 53
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 65
  • Bo‘limlar