“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 23:10
ЎЗO‘Z

Onlayn tizimga o‘tgan tadbirkorlar bank kassalariga savdodan tushgan naqd pullarni o‘zlari belgilagan davrlarda topshiradi

08 noya, 12:30 3 557 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Onlayn tizimga o‘tgan tadbirkorlar bank kassalariga savdodan tushgan naqd pullarni o‘zlari belgilagan davrlarda topshiradi Hech kimga sir emas mamlakatimizda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasini yanada erkinlashtirish, uning hajmini keskin oshirish, hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasida rivojlangan davlatlar tajribasi o‘rganilib, ularni mamlakatimiz iqtisodiyotiga tatbiq etish yuqori samara bermoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llagan tadbirkorlik sub’ektlariga qator imkoniyatlar va yengilliklar berildi.

Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasida UzKassa kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’ekti vakillari bilan o‘tkazilgan seminarda mazkur farmonga muvofiq savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalarning amaliyotga tatbiq qilinishiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Tadbirda ta’kidlanishicha, onlayn tizimga o‘tgan tadbirkorlarga nisbatan bugungi kungacha majburiy qo‘llanilib kelingan amaldagi fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini ishlatish, shuningdek, kassir-operatsiyachi tomonidan nazorat-kassa daftarini yuritish hamda ish kuni yakunida nazorat-kassa mashinasining kunlik hisobotini chiqarib olish majburiyatlari bekor qilingan.

Shuningdek, bunday tadbirkorlarga kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi miqdoridan qat’i nazar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqi beriladi.

Seminarda mutaxassislar va davlat soliq xizmati organlari xodimlari uchrashuvda tadbirkorlik sub’ektlari vakillariga onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalarning afzalliklari, ulardan foydalanish tartibi xususida to‘liq ma’lumot berdilar.
Tadbir yakunida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
Buxoro viloyati DSB
Axborot xizmati
savdo, xizmat ko‘rsatish, nazorat-kassa




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 147
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 74
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 36
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 658
  • So'nggi yangiliklar
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 1
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 0
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 0
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 0
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 143
  • Bo‘limlar