“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 17:26
ЎЗO‘Z

Prezident non ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yuzasidan barcha imkoniyatlarni qo‘llash bo‘yicha topshiriq berdi

08 noya, 10:12 2 861 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident non ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yuzasidan barcha imkoniyatlarni qo‘llash bo‘yicha topshiriq berdi Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida joylarda non ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yuzasidan barcha imkoniyatlarni qo‘llash bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmatining xabarida aytilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlari joriy etildi.

15 oktyabrdan boshlab un va bug‘doyning narxlari erkinlashtirildi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir nafaqa oluvchiga oyiga 50 ming so‘mdan kompensatsiya to‘lanmoqda.

Qolipli non bilan kafolatli ta’minlash uchun yetarli resurs zaxirasi yaratilib, un ishlab chiqarishning oylik hajmi mamlakatda 122 mingdan 142 ming tonnaga oshirildi. Bugungi kunda Toshkent shahrida 1 kilogramm un birjada 2300-2400 so‘mdan sotilayotgan bo‘lsa, chakana savdoda qolipli non narxi 1500-1700 so‘mni tashkil qilmoqda.

Yig‘ilishda ayrim viloyatlarda nonning narxi nisbatan yuqoriligicha qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Shuning uchun, Toshkent shahri tajribasidan kelib chiqib, barcha viloyat, tuman va shahar hokimlariga unni birja savdosida sotilishidan boshlab, nonni chakana savdoda sotilishigacha bo‘lgan jarayonni har kuni tahlil qilib, aholining nonga bo‘lgan kunlik ehtiyojini to‘liq ta’minlab borish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Joylarda non ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yuzasidan barcha imkoniyatlarni qo‘llash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga kompensatsiya pullarini o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib berilishini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, tog‘li va olis hududlarda qish mavsumiga un va boshqa oziq-ovqat zaxirasi yaratish lozimligi qayd etildi.
non, xarajat, ishlab chiqarish




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 41
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 52
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 184
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 110
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 128
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 93
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 40
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 218
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar