“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:06
ЎЗO‘Z

Mandarin qanday foydali xususiyatlarga ega?

06 noya, 08:38 6 805 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mandarin qanday foydali xususiyatlarga ega? Doimo yashil tusdagi mandarin daraxti sitruslar oilasiga mansub. Uning shirin mevalari po‘chog‘ini ajratish oson, aynan shu xususiyati mandarinni boshqa sitruslardan ajratib turadi. Mandarin sarxil holida iste’mol qilinadi, mevali va sabzavotli salatlarga qo‘shiladi, shuningdek undan mandarin sharbati va murabbo tayyorlash mumkin.

Mandarin noyabr-dekabr oylarida pishib yetiladi. U Hindiston, Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiyada eng mashhur sitrus meva hisoblanadi. Uning daraxti Misr, Jazoir, Turkiya, Ozarboyjon, Braziliya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda ham o‘stiriladi.

Uning foydali xususiyatlari
Ushbu meva tarkibida organik kislotalar, shakar, askorbin kislotasi, tiamin, rutin va fitonsidlar mavjud. Terisida katta miqdorda efir moyi bor. Mandarinning to‘yimlilik darajasi 53 kkal.

Mandarinlar B va S vitamini uchun ajoyib manbadir. Kuz-qish mavsumida immunitetni mustahkamlash uchun organizmdagi vitaminlar zaxirasini to‘ldirib borish muhim ahamiyatga ega. Mandarin iste’moli ishtahani ochadi, organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilaydi, umumiy quvvat beruvchi va mikroblarga qarshi kurashuvchi hisoblanadi.

Mandarindan olinadigan ko‘plab foydalarga qaramay, ularning me’yordan ortiq iste’moli allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Me’da shirasi kislotasi oshishi bilan kechuvchi gastrit va ichaklardagi yallig‘lanish xastaliklarida mandarin tanovul qilish tavsiya etilmaydi.

Sifatli mardarinni qanday tanlash mumkin?
Birinchi navbatda mevaning tashqi ko‘rinishiga ahamiyat qaratish lozim. Uning terisi zaxa bo‘lmagan va buzilmagan holatda yaxlit bo‘lishi kerak. Yetilib pishgan mandarinlarning tusi bir xilda bo‘ladi, ammo terisi g‘ayritabiiy yaltirab turganini xarid qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Mandarinlarni, shuningdek, ular yetishtirilgan mamlakatga qarab ham tanlash mumkin. Ispan navi shirin, to‘yingan apelsin rangiga ega va danakli bo‘ladi. Bu kabi mandarinlarni po‘stini archish juda oson.

Turkiya mandarinlari yorqin-apelsin tusida, danagi yo‘q, ammo nordon mazaga ega.
Ham shirin, ham suvli va danaksiz mandarinlar Marokashdan keltiriladi. Ularni to‘yingan qizilga moyil po‘st orqali ajratib olish mumkin.
mandarin, foydali xususiyat, sitrus




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 44
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 38
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 29
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar