“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:27
ЎЗO‘Z

Nega erkaklar kiyim ranglarini tanlashda qiynalishadi?

08 noya, 14:54 5 681 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nega erkaklar kiyim ranglarini tanlashda qiynalishadi? Buyuk Britaniyaning erkaklar fasonlari boʻyicha mutaxassisi Mixael Adamsning fikriga koʻra, erkaklar odatda sanoqli ranglardangina foydanishar ekan. Ular quyidagilardir: qora, oq, moviy va kul rang. Haqiqatdan ham kundalik hayotimizda erkaklarning ushbu rangda kiyinishlariga guvoh boʻlamiz. Biroq shunday ranglar ham borki, ular bir qaraganda odamni oʻziga tortmasa-da, aslida ular erkaklar kiyimlarining ranglarini uygʻunlashtirishda judayam yaxshi yordamchi boʻlishi mumkin.

Keling, ajoyib uygʻunlik kasb etuvchi ranglarni bir-bir koʻrib chiqaylik.

Bunga eng maʼqul variantlardan biri bu- och pushti rangdir. Hech eʼtibor qilganmisiz, och pushti rangga koʻzingiz tushganida avvaliga uni aniq farqlay olmaysiz. Bu rang odamda oʻzgacha bir qiziqish uygʻotadi. Aynan shu xususiyati tufayli uni har qanday rang bilan uygʻunlashtirsa boʻladi. Xususan, yuqorida sanagan erkaklarning sevimli ranglari bilan ham.

Qizil rangni koʻpgina erkaklar maʼqul koʻrib, qoʻrqmasdan tanlayverishadi. Biroq qizil rangning oʻynoqi va yorqinligi barchaga maʼlum. Ayniqsa, uni oʻziga oʻxshagan oʻynoqi ranglar bilan moslashtirsangiz, juda yomon manzara hosil qilishi mumkin. Bu esa dilingizni xira qiladi.
Yashil rang erkalarga xilma-xil variantlarni tuhfa etishi mumkin. Negaki, yashil rang turlicha tuslarga ega. Bu rangning barcha tuslari sizning xohlagan rangdagi kiyimlaringizga moslashishi mumkin. Shunga qaramay, erkaklar bu rangga koʻp ham murojaat qilaverishmaydi.

Yana biri bu - binafsha rangdir. Sir emaski, uning har qanday varianti kiyim ranglaridagi uygʻunlikka mos tushishi mumkin.

Koʻp hollarda kostyum-shim kiyadigan yigitlarga ajoyib maslahat: agar siz turfa xil ranglarni egningizda uygʻunlashtirishni xohlasangiz, qoramtir kulrang kostyum va oq shim istagan rangdagi boʻyinbogʻ bilan mos tushaveradi.

Shuni unutmang, hurmatli erkaklar! Egningizdagi kiyimlar uygʻunligi va ularning boshqalarda takrorlanmasligi sizni yanada eʼtibor markazida ushlab turadi!
erkaklar, kiyim ranglari, Mixael Adams




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 466
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 48
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar