“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 20:12
ЎЗO‘Z

Qashqadaryo viloyatidagi «Gazel» va «Lasetti» to‘qnashuvi oqibatlari

03 noya, 17:38 4 153 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qashqadaryo viloyatidagi «Gazel» va «Lasetti» to‘qnashuvi oqibatlari IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 2 noyabr kuni soat 11:50da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan «Qarshi katta halqa yo‘li»ning «Yettitom-Qarshi» 4R-87 avtomobil yo‘li bilan kesishgan 53 kilometrdagi tartibga solingan chorrahasida fuqaro M.R. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinasi bilan fuqaro S.X. boshqaruvida bo‘lgan «Gaz-322132» rusumli yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan avtomashina to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida «Gaz-322132» rusumli avtomashinada bo‘lgan 10 nafar (shundan 1 nafari haydovchi) va «Lasetti» rusumli avtomashinasi ichidagi 3 nafar (shundan 1 nafari haydovchi) fuqaro turli darajada tan jarohati olib RShTTYoIM Qashqadaryo filialiga olib kelingan. Ulardan faqat 6 nafari reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, 5 nafariga esa uyiga ruxsat berilgan.

«Gaz-322132» rusumli avtomashina haydovchisi S.X.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 50
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 48
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 31
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 125
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 26
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • Bo‘limlar