“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 12:43
ЎЗO‘Z

Zangiotada bir oilaning 3 a’zosini mast haydovchi mashinada urib yubordi

01 noya, 15:30 2 987 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Zangiotada bir oilaning 3 a’zosini mast haydovchi mashinada urib yubordi Toshkent viloyati Zangiota tumanida mast haydovchi avtomobilda bir oilaning uch a’zosini urib yubordi. Ikki farzand kasalxonada, oila boshlig‘i esa vafot etdi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.

Avtohalokat 8 oktyabr kuni soat 00:30 da yuz bergan. Halok bo‘lgan oila boshi Obidjon Mamajonovning o‘g‘illaridan biri, Bahodirning aytishicha, voqeadan biroz oldin u yo‘l chetida qolgan. Uning otasi, akasi va ukasi yo‘l chetidan ketayotganda, avtomobil uning yonidan o‘tgan oila a’zolarining orqasidan urib yuborgan. Haydovchi mast holatda bo‘lgan.

Qayd etilishicha, oq rangli Matiz’ning 34 yoshli haydovchisi hodisadan keyin mashinadan tushib, voqea joyidan qochgan. Bahodirning otasi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga olib borilgan va u yerda olti soat davomida operatsiya qilingan.

1990 va 1996 yilda tug‘ilgan Baxtiyor va Bahrom Mamajonov jarohat olgan. 51 yoshli Obidjon Mamajonov esa 27 oktyabr kuni jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Bahodir Mamajonovning ma’lum qilishicha, Zangiota tumani IIB xodimlari va mahalla posbonlari holat bilan qiziqmagan.
«Markaziy studiya» tomonidan xabar berilishicha, Zangiota tumani IIB holat yuzasidan haydovchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
mast haydovchi, Zangiota, Matiz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 0
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 47
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 118
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 122
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 221
  • So'nggi yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 17
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 46
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 88
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 48
  • Bo‘limlar