“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:11
ЎЗO‘Z

«Ahmadboy»ga nisbatan navbatdagi hukm o‘qildi

31 okt, 14:00 4 314 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ahmadboy»ga nisbatan navbatdagi hukm o‘qildi Foto: Videolavhadan skrinshot
«Ahmadboy» nomi bilan tanilgan chinozlik Ahmadjon Tursunboyev va uning jinoiy sheriklariga nisbatan o‘tgan yili jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi hukm chiqargan edi. Unga ko‘ra, Ahmadjon Tursunboyevga 13 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangandi. Shuningdek, bir yil tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanib, eng kam ish haqining 400 baravari miqdorida jarimaga tortilgandi.

Mazkur hukm hali sovub ulgurmay, A. Tursunboyev va boshqalarga nisbatan navbatdagi sud jarayoni boshlanganidan ham xabaringiz bor.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov ayni sud yakuni bo‘yicha ma’lum qildi. Ya’nikim, 2019 yil 28 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudi binosida A. Tursunboyev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni — 16 nafar) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha uchinchi ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining sudyasi X. Shermuxamedov raisligida ko‘rib chiqildi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, A.Tursunboyevni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «a», «v» bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topib, unga ushbu modda bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

A.Tursunboyevga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazoga qisman jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2019 yil 20 maydagi hukmi bilan tayinlangan jazosini qo‘shib, uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 14 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish hamda eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida (52 096 000 so‘m) jarima jazolari tayinlandi.

Shu bilan birga, A. Tursunboyevga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 12 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida»gi Qarorining 6-bandi «b» kichik bandiga asosan to‘rtdan bir qismiga qisqartirildi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash va jarimani davlat daromadi hisobiga undirish belgilandi.

Ushbu sud jarayonida 230 dan ziyod jabrlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi va ularga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 111
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 52
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar