“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:33
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish: asosiy yo‘nalishlar va yangiliklar

31 okt, 15:14 2 590 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish: asosiy yo‘nalishlar va yangiliklar Joriy yilning 30 oktyabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish: asosiy yo‘nalishlar va yangiliklar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Germaniyaning Bremen universiteti professori Rolf Kniper, AQSh Xalqaro Rivojlanish Agentligi (USAID) va Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) ekspertlari, shuningdek Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor o‘qituvchilari va boshqa yuqori malakali ekspertlar, turli sohalar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi F-5464-son Farmoyishiga muvofiq olib borilayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish ishlarning borishi bo‘yicha mas’ullarning taqdimotlari tinglandi, fuqarolik qonunchiligini xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish, mulkdorlar huquqlari himoyasini kuchaytirish, iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvor rolini ta’minlash, ishbilarmonlik muhitini va investitsion iqlimni yaxshilash uchun zarur chora-tadbirlar va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Shartnomalar shakllarini qayta ko‘rib chiqish, yuridik shaxslar tashkiliy-huquqiy shakllarining turlarini kamaytirish, kriptovalyuta, blokcheyn kabi tushunchalarni fuqarolik qonunchiligiga kiritish, qimmatli qog‘ozlar sohalariga taklif qilinayotgan yangiliklar ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in bahs va munozaralarga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish, ushbu sohadagi boshqa qonun hujjatlarini takomillashtirish ishlari davom etmoqda.
fuqarolik, qonunchilik




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 36
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 47
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar