“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 03:59
ЎЗO‘Z

Kam daromadli oilalarning energiya resurslaridan bo‘lgan qarzdorliklari xayriya yo‘li bilan to‘lab berilmoqda

31 okt, 11:27 3 790 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kam daromadli oilalarning energiya resurslaridan bo‘lgan qarzdorliklari xayriya yo‘li bilan to‘lab berilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari bilan hamkorlikda kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan hamda moddiy ko‘makka ehtiyojmand fuqarolarning energiya resurslaridan bo‘lgan qarzdorligini hayriya tariqasida o‘ziga to‘q, moddiy ahvoli to‘kis bo‘lgan fuqarolar hisobidan qoplash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 28-29-oktyabr kunlari amalga oshirilgan hayriya tadbirlari davomida 128 nafar to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan qarzdor iste’molchilarning qarzdorliklari to‘lab berildi.

Jumladan, Majburiy ijro byurosi Shahrisabz tuman bo‘limi xodimlari hamda Yangiobod MFY faollari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Shahrisabz tumani Yangiobod MFY Yangiobod qishlog‘ida yashayotgan tadbirkor N.Yusupov “KESh STANDART SERVIS” MChJ ta’sischisi mazkur Yangiobod MFYning Yangiobod qishlog‘idan 58 ta abonentning 15 mln. 673 ming so‘mlik, “Yangiobod” MFY Saksonkapa qishlog‘idan 28 ta abonentning 11 mln. 49 ming so‘mlik, “Nurafshon” MFY Beshkapa qishlog‘idan 35 ta abonentning 4 mln. 571 ming so‘mlik jami uchta qishloqning 121 nafar kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘kotgan va nogironligi mavjud xonadonlarning 31 mln. 293 ming so‘mlik tabiiy gaz va elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorliklarini to‘lab berdi.

Shuningdek, Shahrisabz tumani “Nurafshon” MFY Beshkapa qishlog‘ida yashovchi fuqaro M.Tog‘ayeva kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotganligi sababli mazkur qishloqda yashovchi fuqaro “O‘ktam Nur Turdiali ota” F/X rahbari N.Musurmonov tomonidan ushbu fuqaroning uyida joylashgan eski induksion elektr hisoblagichni o‘rniga yangi zamonaviy “SE 102” rusumli elektr hisoblagich olib berib, eski hisoblagichning 1 mln. 500 ming so‘mlik qarzini to‘lab berdi.


Shu bilan birga, Qamashi tumani, “Ibn Sino” MFY.da yashovchi M.Keldiyorovning elektr energiyasidan bo‘lgan 300 ming so‘mlik, Nishon tumani, Nuriston shaharchasi, 18-uy, 48-xonadonda kam daromadli oila ro‘yxatida turuvchi yolg‘iz ona D.Yodgorovaning elektr energiyasidan bo‘lgan 150 ming so‘mlik, Muborak tumani, "Geolog" mahallasi, 3-uy, 5-xonadonda yashovchi N.Atxamovning elektr energiyasidan bo‘lgan 616 ming so‘mlik qarzi homiylik yo‘li bilan muruvvatli insonlar tomonidan to‘lab berildi.


Bu kabi xayriya tadbirlari viloyat miqyosida jadallik bilan olib borilmoqda.
hayriya, kam ta’minlangan




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 42
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar