“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:35
ЎЗO‘Z

Yana go‘shtmi?.. Olimlar atrof-muhit va inson salomatligi uchun eng zararli mahsulotni aniqlashdi

30 okt, 21:15 3 472 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yana go‘shtmi?.. Olimlar atrof-muhit va inson salomatligi uchun eng zararli mahsulotni aniqlashdi Atrof-muhitga eng salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ham, erta o‘limga olib keladigan ham go‘sht deb yozmoqda BFM. Hamkorlikda tadqiqot o‘tkazgan britaniyalik (Oksford universiteti) va amerikalik (Minnesota universiteti) olimlar shunday xulosa berishdi.

Hamkorlar 15 xil oziq-ovqat mahsulotini tekshirib chiqishdi. Diabet, ovqat hazm qilish tizimi saratoni, yurak ishemik kasalliklari, insultga olib keluvchi 15 xil global omilning 9 tasi aynan ovqat sifatiga bog‘liqligi ayon bo‘ldi.

AREI indeksi yordamida aynan qaysi mahsulotlar inson salomatligi va ekologiyaga ko‘proq zarar yetkazishini ham aniqlashga urinib ko‘rishdi (Ushbu indeks besh ekologik ko‘rsatkichni porsiyalarga taqsimlangan holda oziq-ovqat mahsulotlarining atrof-muhitga o‘rtacha nisbiy ta’sirini ko‘rsatadi).

Eng salbiy ta’sir ishlanmagan qizil go‘shtga taaalluqli bo‘lib chiqdi — bir porsiyaga 75 birlik, ishlov berilgan go‘shtda esa ko‘rsatkich 37 birlikka teng.
Erta o‘lim xavfini tug‘diruvchi mahsulotlar ro‘yxatiga kirgan baliq AREI indeksida (ekologik jihatdan) bir porsiyaga 14 birlik ko‘rsatkichiga ega.

Inson salomatligini yomon tarafga og‘diruvchi mahsulotlar ro‘yxatida baliq bilan qatorda parranda go‘shti, sut mahsulotlari va tuxum joy olgan.
Salbiy ta’siri eng kam (bir porsiyaga 4 birlik) mahsulotlar — donli ekinlar, meva-sabzavotlar, yong‘oqlar va zaytun yog‘i.

Ushbu tadqiqot mualliflari don mahsulotlari, meva-sabzavotlar, yong‘oqlar, dukkaklilar, baliq va zaytun yog‘i kabi to‘yinmagan yog‘li mahsulotlarni iste’mol qilib, ham salomatlikni, ham ekologiyani yaxshilashga chorlashyapti. Va aksincha, ko‘p go‘sht yeyish yaramaydi!..




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 47
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 237
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 192
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 254
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar