“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:04
ЎЗO‘Z

Farg‘onada MIB kam ta’minlangan oilalarga yordam bermoqda

30 okt, 11:12 3 181 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farg‘onada MIB kam ta’minlangan oilalarga yordam bermoqda Qonunchilik talablariga ko‘ra, jismoniy shaxslar foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni har oyning 10-sanasiga qadar to‘lashlari lozimligi, aks holda iste’molchi tarmoqdan uzib qo‘yilishi va tarmoqqa qayta ulanish uchun eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida to‘lov undirilishi belgilangan.

Tabiiyki, kam ta’minlangan oilalar ham borki, ular foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni Farmonda belgilangan muddatda to‘lay olishmaydi. Bunda, Byuroning davlat inspektori qanday yo‘l tutishi mumkin?!
Byuro tashabbusi bilan Farg‘ona viloyatining tuman-shahar bo‘limlarida kam ta’minlangan oilalarning yuqoridagi kabi muammolari homiylar yordamida hal qilinmoqda.

Jumladan, Farg‘ona tumani, Oqbilol qishlog‘i, Yuksaklik ko‘chasida yashovchi fuqaro O.Hojiyevaning elektr energiyasidan 500,0 ming so‘m qarzdorligi bo‘lib, to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lganligi sababli bir necha oydan buyon to‘lay olmasdan kelayotgan bo‘lgan. Mahalla faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda “Chimyon baraka savdo” MChJ rahbari fuqaro O.Hojiyevaning oilasini o‘z otalig‘iga olishini ma’lum qildi. Dastlabki qadam sifatida uning elektr energiyasidan bo‘lgan 500,0 ming so‘m qarzini naqd shaklda to‘liq to‘lab berdi. Fuqaro O.Hojiyeva homiy va MIB xodimlari haqqiga duo qildi.

Shu kabi uchrashuvlar jarayonida Bag‘dod tumanidagi “Ittifoq” fermer xo‘jaligi rahbari Sh.G‘ofurov o‘zi yashab kelayotgan Sahovat qishlog‘ida yashovchi og‘ir betob bo‘lib yotgan Q.Boyyigitov va H.Abdullayevalarning 300,0 ming so‘mlik va ehtiyojmand bo‘lgan M.Abdullayev oilasining 200,0 ming so‘mlik hamda tadbirkor M.Toshqo‘ziyev Sandarak qishlog‘ida yashovchi nogiron fuqaro O‘.Mamatqulovning 406,0 ming so‘mlik elektrdan bo‘lgan qarzlarini to‘lab berishgan.

Uchko‘prik tumani, Yakkamulla qishlog‘i, Olmazor ko‘chasida yashovchi keksa otaxon A.Jumayevning ahvoli hammasidan ham og‘irroq edi. Chunki, u yakka-yolg‘iz yashab kelib, elektr energiyasidan oz emas, ko‘p emas naqd 1 mln. 841 ming so‘m qarzdor bo‘lib qolgandi. Davlat inspektori esa uning yashash uyini tarmoqdan uzib qo‘yishi ham vijdon tarozusiga to‘g‘ri kelmay qolgandi. Masalaga adolatli yechim topildi – Yakkamulla qishlog‘ida mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, xususiy tadbirkor Jumayev G‘ulomjon shaxsiy tashabbus ko‘rsatdi va yolg‘iz yashab kelayotgan keksa otaxonni otaliqqa olib, elektr energiyasidan bo‘lgan barcha qarzlarini to‘lab ham berdi. Otaxonning uzundan-uzun qilgan duolari barchaning dillarini xushnud qildi.

Shu kabi, mahalla faollarining yig‘ilishi O‘zbekiston tumanida ham o‘tkazilib, Qaynar MFY, Qurbonmergan qishlog‘ida yashovchi kam ta’minlangan M.Toshmatovaning 518,0 ming so‘m hamda Qum qishlog‘ida yashovchi Z.Abloqulovaning 400,0 ming so‘mlik elektrdan qarzdorligi homiylar hisobidan qoplab berilgan.

Shuni ta’kidlash o‘rinliki, joylarda o‘tkazilayotgan yig‘ilishlarda homiylik qilish istagini bildirayotgan fuqarolarimizning ko‘pligi va yetarlicha topilayotganligi yuzaga kelayotgan muammolarning kaliti bo‘lmoqda desak mubolag‘a bo‘lmas ehtimol. Hozirda shu kabi hayriya tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.





Mavzuga oid yangiliklar
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 65
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 88
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 138
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar