“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 07:23
ЎЗO‘Z

DXX tranzit orqali olib o‘tilayotgan 300 ming dollarlik giyohvand moddalarni qo‘lga oldi

30 okt, 10:02 2 337 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX tranzit orqali olib o‘tilayotgan 300 ming dollarlik giyohvand moddalarni qo‘lga oldi Foto: O‘zA
Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida qo‘shni Tojikistondan O‘zbekiston orqali Qozog‘istonga olib o‘tilayotgan ko‘p miqdordagi giyohvand modda ushlab qolindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Aniqlanishicha, Soyib ismli Tojikiston fuqarosi giyohvand moddani kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekistonga olib kirgan va Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan Shuhrat Asqaraliyev xonadoniga olib borgan.

Ushbu giyohvand moddalarni O‘zbekiston orqali tranzit sifatida o‘tkazish ishlarining tashkilotchisi bo‘lgan Qozog‘iston fuqarosi, Turkiston viloyatida istiqomat qiluvchi Elyor Jo‘rayev Shuhrat Asqaraliyev xonadoniga kelib, giyohvand moddalarni qabul qilib olgan.

Tezkor xodimlar tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Elyor Jo‘rayev og‘uni Sirdaryo viloyatiga olib borib, aylanma yo‘llar orqali Qozog‘istonga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan paytida qo‘lga olingan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Elyor Jo‘rayevdan ashyoviy dalil sifatida olingan giyohvand modda geroin bo‘lib, jami og‘irligi 20 kilogramm 32 grammni tashkil etgan.

Mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda 20 kg geroin moddasining narxi 300 ming dollardan ortiq mablag‘ni tashkil qiladi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 43
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 206
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 285
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 182
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 52
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar