“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 09:26
ЎЗO‘Z

Kam ta’minlangan fuqarolarga ko‘rsatilgan yana bir sahovat

28 okt, 19:33 3 378 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kam ta’minlangan fuqarolarga ko‘rsatilgan yana bir sahovat Xalqimizda “Savob ishni xar kuni, har doim qilish kerak” degan purma’no naql bor. Bugun ochiq tan olish kerak oramizda shunday odamlar borki, ularga har qancha yaxshilik qilsang kam. Ommaviy axborot vositalari yoki internet tarmoqlarini kuzatar ekanmiz kun ora falonchi kam ta’minlangan oilaga yordam qo‘lini cho‘zibdi, falonchi boquvchisini yo‘qotgan xonadonni uyini ta’mirlab beribdi kabi xabarlarga duch kelamiz. Mana shunday saxovatpesha xalqimiz bor ekan hech bir oila mehr va e’tibordan chetda qolmaydi.

Ma’lumki, Majburiy ijro byurosi organlari oldida turgan muhim vazifalardan biri foydalanilgan energiya resurslari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirishdan iborat. Shu maqsadda xududlarga biriktirilgan davlat inspektorlari har bir iste’molchi bilan kunlik muloqot jarayonlarida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratgan. Biroq, ayrim hollarda shunday oilalar borku, ular oyma oy foydalangan ne’matlar uchun to‘lovlarni vaqtida to‘lashga qo‘llari kaltalik qiladi.

Byuro tashabbusi bilan ana shunday oilalarga yaqindan yordam berish maqsadida ezgu tashabbus bilan chiqdi. Ya’ni, mahallalarda istiqomat qilayotgan oilalar holidan xabar olib, kommunal to‘lovlardan bo‘lgan qarzdorliklarni saxovatpesha insonlar yordamida bartaraf etishmoqda.
U.Mahmudov Chortoq tumanining “Dilshod” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi. Oilaviy ahvoli, sharoiti og‘ir. Kundalik ro‘zg‘ori, tirikchiligi amal-taqal o‘tib turibdi.

Shundanmi oyma oy elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorligi to‘planib qolgan. To‘lay desa yetarli mablag‘i yo‘q. Davlat inspektorining 28 oktyabr kuni soat 18-20 lardagi xonadonga tashrifi oila a’zolarini behad quvontirdi, ya’ni hududda istiqomat qiluvchi sahovatpesha fuqaro uning elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorligini to‘lab berdi. Xonadon egalariga to‘lov kvitansiyasi taqdim etildi.

Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan savobga yo‘g‘rilgan tadbirlari davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 111
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 52
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 80
  • So'nggi yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 0
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 0
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • Bo‘limlar