“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:03
ЎЗO‘Z

«Ey, sinfdosh» qo‘shig‘i bilan tanilgan xonanda qamoqda o‘tgan 9 yili haqida gapirdi (video)

28 okt, 12:53 6 419 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ey, sinfdosh» qo‘shig‘i bilan tanilgan xonanda qamoqda o‘tgan 9 yili haqida gapirdi (video) Foto: Videolavhadan skrinshot
«Ey sinfdosh», «Nilufar», «O, rashk» qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan «Oqshom» guruhining yakkaxoni Zokir Sobirov «Daryo» uchun intervyusida qamoqda o‘tgan to‘qqiz yillik hayoti haqida gapirib berdi.

Zokir Sobirov, «Oqshom» guruhi yakkaxoni:
— Ijodni 1995-yilda boshlagan bo‘lsak, ketma-ket aytgan qo‘shiqlarimiz omadimiz kelib xit bo‘lib ketdi. O‘zimiz bilmagan holda tanildik. Odam tanilgani sari dushmani ham ko‘payar ekan. Biz bilmaymiz, do‘st kim, dushman kim. Xullas, e’tibor bermagan ekanmiz, dushmanimiz ham ko‘payib, oxiri shu qo‘shiqlarni orqasidan ham ko‘tarildim, maza qilib o‘ynab-kulib yurdim-u, o‘zim yaxshi ko‘rgan kasbimni qildim-u, lekin shuni orqasidan to‘qqiz yil qamoqda shu xursandchiliklarimning azobni tortdim. Bu narsani do‘st-u, dushmanga ravo ko‘rmayman.

Ko‘chada yurganimda oq-qorani ajrata olaman deb o‘ylar edim. Lekin bu narsa noto‘g‘ri ekan. Qachonki odam o‘zidan o‘tganini o‘zi bilsa, qamoqda bo‘lsa, yaqinlaridan uzoqda bo‘lsa, kim qanaqa, kim yaxshi kim yomonligini anglab yetarkan. To‘qqiz yil bu juda katta vaqt. To‘qqiz yilda bir bola voyaga yetadi. Shu yillar ichida shu joylarning azobini ko‘rib chiqdim. U yerda juda katta xulosa chiqardim. O‘zim uchun bir tomondan yaxshi bo‘ldi. Dunyoqarashim o‘zgardi. Oldin boshqa odam edim, hozir umuman boshqa odamman. Allohga behisob shukr, yetkazganiga shukr, sog‘-salomatman. U yerlarda ham muxlislarimiz bor ekan, bizni qo‘llab-quvvatlab turishdi.

Ko‘chada qilib yurgan ishimni qamoqda ham qildim, o‘sha yerda qo‘shiq kuylab yurdim. Haqiqatni aytish kerak, qo‘shiqni orqasidan, Xudo yuqtirgan ekan, shu yerda ham sindiraman degan dushmanlarim sindira olmadi. Nimaga? Xudo yuqtirsa, hech kimni qo‘li yetmas ekan. Xudoga shukr u yerda ham hurmatim bo‘ldi. Xodimlar ham juda yoqtirar edi. Sahna bo‘lardi, sahnada qo‘shiq aytardik, qo‘shiq yaratar edik. U yer ham kichkina shaharcha, u yerni ham qonun-qoidasi boshqa. Ko‘chada boshqa, u yerda boshqa. O‘sha yerda ham Xudoga shukr hurmat topib, sog‘-salomat chiqdik. Shu sabab ham to‘qqiz yil yo‘q bo‘lib ketdik.

Endigi harakatlar, avvalo Xudo, keyin oldinga qarab talpinish, talpinish va yana talpinish. Niyatim— oldingi darajamdan yanada yuqoriroq pog‘onaga chiqish. Baribir hammasi Xudodan ekan, omad kelsa hech gap emas. Birinchi o‘rinda Xudodan so‘rab qolaman, lekin, harakatdan to‘xtamayman.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 292
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar