“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 17:20
ЎЗO‘Z

Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari uyidan 1,5 million dollar topilgani rostmi?

25 okt, 00:30 3 077 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari uyidan 1,5 million dollar topilgani rostmi? Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Erkin Zohidovning uyidan 1,5 million dollar miqdoridagi naqd pul topilgani haqida tarqalgan xabar o‘z isbotini topmadi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinov pora bilan qo‘lga olingan amaldor ishi bo‘yicha bergan qo‘shimcha ma’lumotida uning uyidagi tintuv vaqtida bunday yirik miqdordagi mablag‘ topilgani haqidagi xabarni rad etdi.

«Bosh prokuratura tomonidan Yunusobod tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.Zohidovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ish hujjatlariga ko‘ra, E.Zohidov 2019 yil 10 oktyabr kuni soat 21:00larda o‘z xizmat xonasida fuqaro R.Mamatqulovdan pora tariqasida 5 ming AQSh dollari miqdorida pul mablag‘larini olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Shu bilan birga, E.Zohidovni xizmat xonasi ko‘zdan kechirish jarayonida uning ish stoli tortmasidan 5 ming AQSh dollari hamda o‘zining nomiga Toshkent-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta «bron» qilinganini tasdiqlovchi hujjat aniqlanib, bayonnoma asosida olingan.

2019 yil 11 oktyabr kuni mazkur holat yuzasidan Departament tomonidan E.Zohidovga nisbatan JKning 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlarini davom ettirish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan. 12 oktyabr kuni E.Zohidov JKning 210-moddasi 2-qismi «v» bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, ushlangan.

E.Zohidovning uyida 1,5 mln. AQSh dollari va Maldiv orollariga aviachipta aniqlanmagan», deyiladi ma’lumotda.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Erkin Zohidov (1971 y. t.) — 1994 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. Labzak Stroy Plus kompaniyasi direktori moliya masalalari bo‘yicha maslahatchisi (2010−2016), Makon Kapital Invest (2016−2019) moliyaviy maslahatchisi vazifalari ishlagan. 2019 yildan Yunusobod tuman hokimi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 41
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 52
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 184
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 110
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 128
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 93
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 40
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 218
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar