“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:13
ЎЗO‘Z

Valyutani nazorat qiluvchi organlarning huquq va majburiyatlari belgilandi

24 okt, 09:48 3 204 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Valyutani nazorat qiluvchi organlarning huquq va majburiyatlari belgilandi Markaziy bank, Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasida valyutani nazorat qiluvchi organlardir. Bu haqda “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririda aytilgan.

Valyutani nazorat qiluvchi organlar O‘zbekiston Respublikasida rezidentlar va norezidentlar tomonidan o‘tkaziladigan valyuta operatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqligiga taalluqli qismi bo‘yicha nazoratni o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirishi shart.

Valyutani nazorat qiluvchi organlar o‘z vakolatlari doirasida:
- valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlarni amalga oshirishga;
- rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisob va hisobotlarining to‘liqligi hamda to‘g‘riligini tekshirishni belgilangan tartibda amalga oshirishga;
- valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq hujjatlarni va axborotni so‘rab olishga;
- valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish tartibini belgilashga;
- aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida talabnomalar taqdim etishga hamda O‘zbekiston Respublikasidagi barcha rezidentlar va norezidentlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan boshqa choralarni ko‘rishga haqlidir.

Valyutani nazorat qiluvchi organlar faqat o‘tkazilayotgan valyuta operatsiyasiga bevosita taalluqli bo‘lgan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishi mumkin.

Valyutani nazorat qiluvchi organlar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan tijorat, bank sirini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlashi shart.

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan o‘tkaziladigan valyuta operatsiyalari ustidan valyuta nazoratini amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi rezidentlar va norezidentlar quyidagi huquqlarga ega:
- valyutani nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv materiallari bilan tanishish;
- valyutani nazorat qiluvchi organlarning harakatlari ustidan shikoyat qilish;
- valyutani nazorat qiluvchi organlar va ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rni qoplanishi.

Valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi rezidentlar va norezidentlar:
- valyutani nazorat qiluvchi organlarga so‘ralayotgan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi barcha hujjatlarni va axborotni taqdim etishi;
- valyutani nazorat qiluvchi organlarga tekshiruvlar o‘tkazish jarayonida, shuningdek ularning natijalari bo‘yicha tushuntirishlar berishi;
- valyuta operatsiyalarining hisobini yuritishi va hisobotlarni tuzishi, shuningdek ularning saqlanishini ta’minlashi;
- valyutani nazorat qiluvchi organlarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga doir talablarini (ko‘rsatmalarini, taqdimnomalarini) bajarishi;
- valyutani nazorat qiluvchi organlarni tekshiruvlarni amalga oshirayotgan chog‘da ularning o‘z binolariga kirishini, hujjatlaridan va avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazalaridan foydalana olishini ta’minlashi shart.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 35
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 194
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar