“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:21
ЎЗO‘Z

Reklama beruvchilar va tarqatuvchilar qanday miqdorda jarimaga tortilishi mumkin ekani aniq belgilanadi

23 okt, 15:55 2 607 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Reklama beruvchilar va tarqatuvchilar qanday miqdorda jarimaga tortilishi mumkin ekani aniq belgilanadi O‘zbekistonda reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va reklama tarqatuvchilar vakolatli davlat organi tomonidan qanday miqdorlarda jarimaga tortilishi mumkin ekani aniq belgilab qo‘yiladi. Tegishli qonun loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar kiritiladi. Xususan, 29-modda (Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik) beshinchi qism quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va reklama tarqatuvchilar vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi miqdorlarda jarimaga tortilishi mumkin:

noto‘g‘ri reklama berganlik, aksilreklama berishdan bosh tortganlik, reklama qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda;

reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishini tugatish haqidagi ko‘rsatmani o‘z muddatida bajarmaganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda;

reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima qo‘llaydi”;

quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldiriladi:

“Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga jarima qo‘llash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va/yoki O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalarining qarori bir oy muddatda ixtiyoriy ravishda ijro etilmaganda, jarima mablag‘lari sud tartibida undiriladi”.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 53
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 144
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 265
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 0
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 0
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Bo‘limlar