“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:25
ЎЗO‘Z

Yana avtolizing bilan bog‘liq muammo

23 okt, 15:30 3 333 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yana avtolizing bilan bog‘liq muammo “2018 yil 14 oktyabr kuni meni mobil telefonimga SMS keldi. SMSni o‘qib ko‘rsam, 1 yildan 5 yilgacha muddatga, yillik 8% dan 16 % gacha, 30 % oldindan to‘lov bilan avtomobil va uy-joylarni olib beramiz, degan xabarni o‘qidim. Telefon orqali “Umid avtolizing” bilan bog‘lanib kerakli ma’lumotlarni oldim. Shundan so‘ng 2018 yil 1 dekabr kuni Farg‘ona shahridagi “Umid savdo fayz invest” MChJga bordim”, - deb boshlanadi Rishton tumanida yashovchi M.Matkarimovning Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan yozma murojaati.

Farg‘ona shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan iste’molchi murojaati tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilganda, yuqoridagi mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan 01.12.2018 yilda imzolangan 3/F-10-sonli shartnomaga asosan “Damas” rusumli avtomobil uchun 30 foizli oldindan to‘lovni 33 500 000 (o‘ttiz uch million besh yuz ming) so‘mni to‘laganligiga qaramasdan avtomobilni kelishilgan muddat, ya’ni 3-4 oy ichida emas, balki shu kunga qadar olmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Jamiyat xodimlarining harakatlari sabab kuni kecha iste’molchi M.Matkarimov ijrochi tomonidan uning oldindan to‘lagan mablag‘i to‘lig‘icha bank plastik kartochkasiga o‘tkazib berilganligini ma’lum qildi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi uyali aloqa kompaniyalari orqali kelayotgan lizing xizmatlari to‘g‘risidagi SMS larning barchasi ishonchli emasligi xususida ogohlantiradi!

Manba: Xalq so‘zi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 111
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 52
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar