“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 03:51
ЎЗO‘Z

“Yonib ketgan sigaretlar” operatsiyasi fosh etildi

23 okt, 13:05 2 909 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Yonib ketgan sigaretlar” operatsiyasi fosh etildi Shu yilning yoz faslida Jizzax viloyatining M-39 avtomagistrali orqali harakatlangan yo‘lovchilarning ko‘pchiligi ushbu hududda yonib ketgan “DAF” rusumli yuk avtomashinasiga ko‘zi tushgan bo‘lishi aniq.

Gap shundaki, 2019 yil 7 iyul kuni U.A. ismli shaxs boshqaruvida bo‘lgan mazkur “DAF” rusumli avtoulov tirkamasida yuklangan qiymati 121 000 AQSh dollarlik 550 000 quti chet elda ishlab chiqarilgan sigaret mahsulotlari bilan Qirg‘iziston Respublikasiga tranzit o‘tkazish uchun Buxoro viloyatining “Olot” chegara bojxona posti orqali O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan.

Biroq, ushbu avtotransport vositasi 2019 yil 14 iyul kuni go‘yoki Jizzax viloyati hududida tirkamasining orqa qismidan yong‘in chiqishi natijasida yukxonasidagi sigaret mahsulotlari bilan birgalikda yonib ketganligi haqida haydovchi tomonidan xabar berilgan.

Haydovchi to‘qigan cho‘pchakka ko‘ra, avtotransport vositasining orqa o‘ng tomon shinasining yonishi oqibatida kelib chiqqan yong‘in natijasida avtotransport vositasi va undagi sigaret mahsulotlari butunlay yonib ketgan va uni o‘chirish imkoniyati bo‘lmagan emish.
Ammo, katta partiyadagi sigaretlar ortilgan ushbu avtoulovning to‘satdan yonib ketishi haqida haydovchi aytgan gaplar bojxona xodimlarini sergak torttirdi.

Chunki, ushbu sigaretlar agarda O‘zbekiston Respublikasida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganida, 6,6 mlrd so‘m bojxona to‘lovlari to‘lanishi kerak edi.

Shu tariqa Jizzax va Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 182-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi Tergov bo‘limi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan olib borilgan hamkorlikdagi sa’y-xarakatlar natijasida jinoyat ko‘pga cho‘zilmasdan ochildi, yashirib qo‘yilgan sigaretlar Samarqanddan topildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 25
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 209
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 67
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 105
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 24
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 66
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 23
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 28
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 42
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 59
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 64
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 110
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 104
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 114
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 397
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 137
  • Bo‘limlar