“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:00
ЎЗO‘Z

Oliy Majlis deputati: “Toshkentga ishlagani kelgan viloyatliklar topgan pulini faqat jarimalarni to‘lashga sarflashmoqda”

23 okt, 12:12 3 213 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oliy Majlis deputati: “Toshkentga ishlagani kelgan viloyatliklar topgan pulini faqat jarimalarni to‘lashga sarflashmoqda” 22 oktyabr kuni parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi.

Jumladan, «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi deputatlar o‘rtasida turli bahs-munozaralarni keltirib chiqardi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

Deputat Rasul Kusherbayev fikricha, qonun loyihasida aholini ish bilan ta’minlashdagi hozirgi real muammolar to‘la aks etmagan. Shu bois u Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovga ayrim fikrlar bilan murojaat qildi.

«Janob vazir, 12 sentyabr kuni nomzodingizni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ma’qullashdan avval sizga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasi (Pasport tizimi qoidalarini buzish-tah.) bo‘yicha joylarda juda ko‘p muammolar yig‘ilib qolgani, bu yo‘nalishda aholining davlatga va qonunlarga bo‘lgan salbiy fikri saqlanib qolayotgani hamda endilikda mavjud holatni yaxshilash uchun nima ish qilmoqchisiz, deya savol bergandim.

Siz esa vazirlikda qiladigan birinchi ishingiz shu yo‘nalishda bo‘lishini aytgandingiz.
Mana, aholini ish bilan ta’minlash yo‘nalishida yangi qonun qabul qilinmoqda, lekin unda holatni tuzatish maqsadida yozilgan biror jumlani topolmadim.

Qaytaraman, har kuni aynan shu modda asos qilinib, respublikaning turli hududlaridan Toshkentga ish izlab kelgan yuzlab kishilar avtobuslarni to‘ldirib IIB bo‘limlariga olib kelinadi va jarimaga tortiladi. Ular ishlagan pulini faqat jarimalarni to‘lashga sarflashmoqda.

Biz ular uchun amal qilish deyarli imkonsiz bo‘lgan qonunlarni yaratib qo‘yganmiz. Tasavvur qiling, Toshkentga ish izlab kelgan fuqaro turar-joy topishi, ma’lum to‘lovlar evaziga ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tishning o‘zi uchun esa qanchadan-qancha hujjat to‘ldiradi.

Biz bir hududdan ikkinchi hududga ishlash maqsadida ko‘chib o‘tayotgan fuqarolar uchun yangi, yengilroq tizim qilishimiz kerak, bizga yangi yechim kerak», – dedi Rasul Kusherbayev.

Deputatning qo‘shimcha qilishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasi – fuqarolarning erkinliklarini cheklash bilan birga, korrupsiyaga keng yo‘l ochib, yangidan-yangi qonunbuzarliklarga huquqiy asos bo‘lib qolmoqda.

«Ayrimlar bu moddaning buzilishi va undan keladigan jarima tushumlaridan manfaatdor bo‘lishi mumkin.

Janob vazir, agar haqiqatda odamlarni o‘ylasangiz, ikkala vazirlik (Ichki ishlar vazirligi nazarda tutilmoqda-tah.) eng avvalo shu masalaga yechim toping», – deb ta’kidladi Kusherbayev.

Uning so‘zlarini diqqat bilan eshitgan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov bu masalaning bugun muhokamaga qo‘yilgan «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonun bilan emas, boshqa bir qonun orqali tartibga solinishi kerakligini bildirdi.

Qonun loyihasi uchinchi o‘qishdan keyin ko‘pchilik deputatlar ovoziga ko‘ra qabul qilindi va ma’qullash uchun Senatga yuboriladigan bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar