“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 00:13
ЎЗO‘Z

O‘zbekistondan ko‘proq valyuta olib chiqishga ruxsat berildi

23 okt, 11:23 2 930 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistondan ko‘proq valyuta olib chiqishga ruxsat berildi Joriy yilning 22 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri Davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi.

Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini erkinlashtirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Avvalgi tahrirdan farqli o‘laroq, yangi tahrirdagi Qonun bir qator me’yorlar va mexanizmlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, unda valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilishning asosiy tamoyillari belgilandi. Xususan:

- valyutani tartibga solish hamda valyutani nazorat qilish tizimining yagonaligi;
- valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy choralarning ustuvorligi;
- rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi asosiy tamoyillar sifatida belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, milliy valyutaning mavqeini kuchaytirish maqsadida, davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar milliy valyutada undirilishi, tovar va xizmatlar uchun narxlar hamda jamiyatlarning ustav kapitaliga qo‘yiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada o‘rnatilishi qonun darajasida belgilandi.

Shu bilan birga:
- valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi mablag‘larning erkin tasarruf etilishi;
- valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bir qator ruxsat berish tartibotlarining bekor qilinishi;
- tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarni O‘zbekiston Respublikasiga repatriatsiya qilish bo‘yicha talablar;
- rezident jismoniy shaxslar tomonidan xorijda cheklovlarsiz hisobvaraqlar ochishga ruxsat berilishi;
- jismoniy shaxslar o‘rtasida nosavdo valyuta operatsiyalari bo‘yicha 100 mln. so‘m ekvivalentigacha bo‘lgan miqdordagi pul o‘tkazmalari amalga oshirilishi mumkinligi;
- jismoniy shaxslar tomonidan 100 mln. so‘m ekvivalentidan oshmagan miqdordagi naqd pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan erkin olib chiqilishi nazarda tutilmoqda.

Qonunning yangi tahririda valyuta operatsiyalarining amaliyotdagi mavjud turlari qamrab olindi hamda qonunchilikdagi havola qiluvchi normalar maksimal darajada qisqaritirildi va mazkur Qonun to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonunining yangi tahriri qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida bugun soat 15:00 da ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing tashkil etilmoqda. Mazkur brifing davomida Qonunning yangi tahriri yuzasidan batafsil ma’lumotlar keng jamoatchilikka yetkaziladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 0
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 4
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 78
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 52
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 22
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 71
  • So'nggi yangiliklar
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 4
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 12
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 10
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 8
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 90
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 18
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 78
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 57
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 52
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 22
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 18
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 71
  • Bo‘limlar