“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 02:07
ЎЗO‘Z

Yunusobod tumani hokimining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi

23 okt, 10:25 3 404 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yunusobod tumani hokimining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari E.Z. qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari E.Z. fuqaro R.M.dan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga egalik huquqini e’tirof etish bo‘yicha tuman hokimining qarorini chiqarib berish evaziga 5.000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 11 oktyabr kuni Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan E.Z.ga nisbatan JK 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun: E. Z. shu yilning boshida Yunusobod tuman hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

U uzoq yil "O‘zuyjoyjamg‘armabank" banki tizimida rahbar lavozimlarida ishlagan, "Makon Kapital Invest" mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi va moliya masalalari bo‘yicha maslahatchisi ham bo‘lgan.
Yunusobod, hokim o'rinbosari, pora




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 60
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 18
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 198
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar