“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 21:48
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Dubay shahzodasining ovidan bexabarmi?

22 okt, 11:30 3 932 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Dubay shahzodasining ovidan bexabarmi? HSH telegram kanali respublikamizdagi eng yosh partiya - O‘zbekiston Ekologik partiyasining saylovoldi kampaniyasi deyarli sezilmayotgan bir vaqtda ularga piar uchun tekin maslahat berdi.

3-4 kun muqaddam Internetning milliy segmenti Dubay shahzodasining Navoiy viloyatidagi ov tafsilotlari bilan to‘lib toshdi.

Garchi, bu ovni amalga oshirish o‘zaro kelishuv, mavjud normativ hujjatlar talablariga binoan o‘tkazilgan bo‘lsa-da, ko‘plab o‘zbekistonliklarning bundan g‘ashi kelgani rost. Shunchaki sening yurtingda, sening tuprog‘ingda o‘zga diyordan kelganlar nega ko‘ngli tusaganini qilishi kerak degan savol Vatanini sevgan har bir odamda tug‘iladi. Va tushuninglar, bu tabiiy hol.

Bunday vaziyatda bu g‘ashlikni tarqatishning birdan bir yo‘li – Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi jim turgan bir paytda ushbu ov haqidagi ma’lumotlarni Ekologik partiya e’lon qilish mumkin emasmi?

- O‘zbekistonda xorijiy shaxslar tomonidan ov qilishning tartiblari qanday?
- Shahzoda qanday turdagi yovvoyi hayvonlarni qancha miqdorda ovladi?
- Buning uchun davlat byudjetiga qancha to‘lov undirildi?

Shahzodaning tuvaloqlarni-ku ovlashini tushunishimiz mumkin (o‘zlari ko‘paytirishyapti-da). Ammo, ov haqidagi videolavhalarda tovushqonlar (yovvoyi quyonlar)ning ovlanganini ko‘rish mumkin. (Ha-ya, bir oycha avval Buxoroda 33 bosh tovushqonni ovlagan shaxslar 6 mln. so‘m jarimaga tortilgandi.

Yana bir masala - Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi saytida O‘zbekiston Qizil kitobini topolmadim. Vaxolanki, 2016 yildayoq Qizil kitobning elektron shakli rasmiy veb-saytida joylashtirilishi normativ hujjat bilan belgilangan ekan.

Gapning indallosi, mana shunaqa vaziyatlarda jim turish emas, aksincha odamlarni noto‘g‘ri tasavvurlarga berilishdan tiyadigan axborotlarni berish partiyaga ko‘proq naf keltiradi.

Fursatdan foydalanib qolmaysizmi, axir...




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 5
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 0
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 0
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 4
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • Bo‘limlar