“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 03:23
ЎЗO‘Z

Bahriddin Isamov va Mansur Tuymayevga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi

18 okt, 21:10 2 789 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bahriddin Isamov va Mansur Tuymayevga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi Bugun, 18 oktyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudida sudlanuvchilar Bahriddin Isamov va Mansur Tuymayevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Oliy sud matbuot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Aziz Obidovning xabar berishicha, mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi raisi Lutfulla Mamarajabov raisligida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, Bahriddin Isamov (1963 yilda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta-maxsus, oilali, «Hisor sarlochin» MChJda ishchi bo‘lib ishlagan) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,98-moddasi (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish)da tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga shu modda bilan 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Ehtiyot chorasi sifatida 2019 yil 21 iyuldan 2019 yil 29 avgustga qadar 1 oy 8 kun qamoqda o‘tirgan kunlari tayinlangan jazodan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 62-moddasi (dastlabki qamoq vaqtini hisobga olish qoidalari) ga asosan chegirilib, qat’iy o‘tash uchun 1 yil 10 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

Mansur Tuymayev (1976 yilda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, oilali, Yakkabog‘ tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192-1-moddasi (xususiy mulk huquqini buzish) 3-qismi «a» bandi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Unga 1 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda eng kam oylik ish haqining 510 baravari miqdorida ya’ni, 103 392 300 so‘m jarima jazosi tayinlandi. Jarimani davlat foydasiga undirish belgilandi. Tuymayevning jinoiy harakatlari oqibatida 61 nafar tadbirkor va 30 nafar fuqaroga yetkazilgan moddiy zararni to‘liq qoplab berish majburiyati Yakkabog‘ tuman hokimligi zimmasiga yuklatildi.

Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirilgan.

Jinoiy ish tarixi

Shu yilning yozida tadbirkor Bahriddin Isamov Yakkabog‘ tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan Mansur Tuymayev «Hisor sarlochin» MChJning do‘konlarini buzishga kelganida uning ustiga benzin sepib yoqib yubormoqchi bo‘lgandi.

Tadbirkor 21 iyul kuni Isomov Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibda ushlangandi. 22 iyul kuni Isomovga ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tuman hokimi o‘rinbosari ham egallab turgan lavozimidan bo‘shatilib, unga nisbatan ham JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochilgan edi.

17 sentyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudida sudlanuvchilar Bahriddin Isamov va Mansur Tuymayevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 30
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 29
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 100
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 147
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 18
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 68
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 69
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 100
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 43
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 64
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Bo‘limlar