“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 03:49
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda yangi qurilayotgan uylar asosan o‘rta va yuqori daromadli aholiga yo‘naltirilgani tan olindi

18 okt, 10:18 4 093 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda yangi qurilayotgan uylar asosan o‘rta va yuqori daromadli aholiga yo‘naltirilgani tan olindi Moliya vazirligida aholi keng qatlamlari uchun arzon uy-joylarni qurish masalalari yuzasidan xususiy qurilish tashkilotlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, u uy-joy qurilishi sohasida raqobatni yanada rivojlantirish, shuningdek ipoteka kreditlash mexanizmlaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish va kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuv ishtirokchilariga uy-joy qurilishi sohasida olib borilayotgan davlat siyosatidagi o‘zgarishlar, shu qatorda xususiy qurilish kompaniyalarini jalb qilish va barcha ishtirokchilarga teng sharoitlar yaratish orqali uy-joy qurilishi sohasida raqobatni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar yuzasidan ma’lumot berilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, xususiy qurilish kompaniyalari vakillari uy-joylarni moliyalashtirish tizimi, narxlarni belgilash mexanizmlari, import qilingan va mahalliy qurilish materiallaridan foydalanish, xonadonlar sotilishi holati to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tishdi.

Bundan tashqari, uy-joy qurilishi rejalashtirilgan yer uchastkalari infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi.

Xususiy qurilish kompaniyalari tomonidan qurilayotgan turar-joy komplekslari asosan o‘rta va yuqori daromadli aholiga yo‘naltirilganligi ta’kidlab o‘tildi. Uchrashuv chog‘ida xususiy qurilish kompaniyalari tomonidan aholining keng qatlamlari, shu jumladan, uy-joylar uchun subsidiyalar mexanizmlari doirasida, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar uchun ham mavjudligi masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda bozor tamoyillari asosida aholining barcha toifalari uchun ipoteka kreditlari olish imkoniyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 60
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 18
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 198
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 60
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar