“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 21:07
ЎЗO‘Z

Aktam Hayitov «ko‘p go‘sht yeyapmiz»ga izoh berdi

17 okt, 23:17 4 332 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aktam Hayitov «ko‘p go‘sht yeyapmiz»ga izoh berdi Foto: O‘zLiDeP
Yaqinda Fermerlar kengashi raisi sifatida Aktam Hayitov go‘sht narxi oshib ketayotganini tilga olib, bunga asos sifatida aholining ko‘p go‘sht iste’mol qilayotganini aytgandi. Bu fikr ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi raisi Aktam Hayitov «Daryo»ga bergan intervyusida ushbu bayonotiga izoh berdi.

— Bir narsaga xursandmanki, bu masala juda katta diqqat bilan, e’tibor bilan kuzatildi. Albatta, go‘sht iste’moli juda nozik masala, sababi go‘sht odam iste’mol ratsionidagi qimmat ozuqalar qatoriga kiradi. Men hozirgi gaplarim bilan hech kimni oqlamoqchi yoki hech kimga e’tiroz bildirmoqchi emasman. O‘sha paytda nutqdan aynan «Biz ko‘p go‘sht iste’mol qilyapmiz» so‘zlarining ajratib olinishi va asosiy planga olib chiqilishidan norozi ham emasman. Albatta, nutqning qiziqarli va e’tiborning tortadigan qismi shu edi. Men shu fursatdan foydalanib bu fikrga izoh bermoqchiman.

Birinchidan, «ko‘p go‘sht yeyapmiz» degani xalqimizning hammasi ko‘p go‘sht yeyapti degani emas! O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, rasmiy ravishda 1,4 million odam ishsiz. Ishsiz odamning ko‘p go‘sht yeyishga imkoniyati yo‘q-ku! Past daromadli, imkoniyati cheklangan aholi qatlami bor… Bu gapni aytishimga ikki sabab bor edi. Avvalo, respublika bo‘yicha go‘sht iste’moli yildan yilga oshib bormoqda. Chunki har yili xalqimiz 500–600 mingga ko‘paymoqda. Aholi soni oshgach, tabiiyki, go‘shtga bo‘lgan talab oshadi. Buni raqamlarda ham keltirishim mumkin.

Ikkinchidan, aholining yaxshi yashaydigan, o‘ziga to‘q qatlami sonining oshib borishi ham go‘sht iste’molining oshishiga sabab bo‘lmoqda. Biz statistik natijalarni e’lon qildik. 2018 yil ko‘rsatkichlariga qaraydigan bo‘lsak, go‘sht iste’moli aholi jon boshiga 43 kilogrammni tashkil etmoqda. Agar bu ko‘rsatkichni 2010 yil bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, u davrda ko‘rsatkichlar bugungiga nisbatan kam bo‘lgan, ya’ni 33–34 kilogrammni tashkil qilgan.

Umumiy iste’molni hisobini keltiradigan bo‘lsak, aholi 2000 yillarda 1 million tonna atrofida go‘sht va go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilgan. 2018 yilga kelib bu ko‘rsatkich 1,5 million tonnaga yetdi. Haligi gap shu ma’noda aytilgan edi. Uning talqini sal yanglishroq bo‘ldi. Bir haftada yetarlicha go‘sht sotib olishga mablag‘i yetishmaydigan oilalar bor oramizda! Men qaysidir gapim bilan kimningdir ko‘ngliga tegib qo‘ygan bo‘lsam, ta’kidlab o‘tamanki, bunday maqsadim yo‘q edi, — degan Aktam Hayitov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 4
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 150
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 0
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 0
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 4
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • Bo‘limlar