“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:34
ЎЗO‘Z

Bozorlardagi oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi ma’lum qilindi

17 okt, 15:20 2 995 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bozorlardagi oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi ma’lum qilindi Davlat statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma’lumot berdi. Qo‘mita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 15 oktyabr kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol go‘shti (lahm go‘shtidan tashqari) 35 000 so‘mdan 57 000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da qayd etilgan (35 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (57 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 36 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha (kg)
Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (36 000) so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (60 000) so‘mdan kuzatildi.

Kartoshka 1 200 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)
Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» va «Eski jo‘va dehqon bozori»da (1 200 so‘mdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (4 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 000 so‘mdan 3 500 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori», Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori»da (1 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (3 500 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)
Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq shahri dehqon bozori»da (1 000) so‘mdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (5 000) so‘mdan kuzatildi.

Tuxum 5 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha (10 dona)
Tuxum mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da kuzatildi (5 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da qayd etilgan (10 000 so‘m).

Guruch 4 500 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)
Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (4 500 so‘mdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 9 000 so‘mdan 13 500 so‘mgacha (1 l.)
O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» va «Eski shahar dehqon bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (9 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (13 500) so‘mdan kuzatildi.

Shakar 5 000 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kg)
Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Samarqand shahrining «Damariq dehqon bozori»da (5 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (7 000) so‘mdan kuzatildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 27
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 113
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar